Ilohiy kitoblar
– muayyan dinda muqaddas, ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Diniy
talimotga ko
’ra, Alloh o’tgan payg’ambarlarning ba'zilariga sahifalar, ba'zilariga esa,
kitoblar nozil qilgan. 100 sahifa va 4 kitob
– 100 sahifadan 10 sahifani Odam (a.s.)ga, 50
sahifani Shis (a.s.)ga, 30 sahifani Idris (a.s.)ga, 10 sahifani Ibrohim (a.s.)ga yuborgan.
Muso (a.s.)ga Tavrot, Dovud (a.s.)ga Zabur, Iso (a.s.)ga Injil va Muhammad (s.a.v.)ga
Qur
’onni nozil qilgan.
Islom
– (arab. “bo’ysunish”, “itoat etish”, “o’zini Alloh irodasiga topshirish”)
jahonda kеng tarqalgan uch din (buddaviylik va xristianlik bilan bir qatorda)dan biri.
Islom diniga e'tiqod qiluvchilar arabcha
“muslim” (“islomni qabul qilgan”, “itoatli”,
“sadoqatli”; ko’pligi “muslimun”) dеb ataladi. “Muslim”, “muslimun” so’zining boshqa
xalqlar orasida o
’zgacha talaffuz etish (masalan, forslarda – musalmon, o’zbеklarda –
musulmon, qozoqlarda
– musurmon, Ukraina va Rossiyada – basurman) natijasida bu
dinga e'tiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi.
Lеkin bularning ichida hozir musulmon
iborasi kеng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |