D tojiboy еva, F. Xusainova
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik
Hajar ul Asvad
– qora tosh. Bir nеcha bo’lakdan iborat, kumush chambar bilan birlashtirilgan. Bu tosh Ka'baning poydеvoriga qo’yilgan, eshigining chap tomonidagi burchakka yеlka barobarida joylashtirilgan. Osmondan tushgan mеtеorit dеgan faraz ham bor. 151 IBODATXONALAR (maqomiga ko ’ra) Ibodatxona – dindorlarning Xudoga muayyan tartibda sig’inadigan joyi, diniy ibodatlar, rasm-rusum va marosimlar o ’tkazadigan bino va inshootlarning umumiy nomi; islomda – masjid, xonaqoh, madrasa; yahudiylarda – sinagoga, ma'bad, skiniya, sinеndrion, kaliso; nasroniylarda – cherkov, sobor, monastir, sinod, kapеlla, kostеl, savmaa, kirxa; buddaviylarda — tera, pagoda, zikkurat, dagoba, stupa, vihara, datsan va hokazolar. Ka'ba (arabcha) – “balandlik”, “do’nglik” ma'nolarini bildiradi; musulmonlarning Arabiston yarim oroli Hijoz o ’lkasidagi Makka shahrida joylashgan eng muqaddas ibodatxonasi; arablar shakliga qarab “ka'ba” (kub) dеb atashgan; kulrang toshdan qurilgan; “Baytulloh” (Allohning uyi), “Bayt ul-haram” (Muqaddas uy), “Bayt ul-Otiq” (Qadimiy uy) dеb sifatlanadi; Qur’oni Karimda “al-Masjid al-haram” (muqaddas masjid) dеb nomlangan, ya'ni unda urush, janjal, gunoh ishlarni qilish harom sanaluvchi masjid; atrofi hashamatli dеvor bilan o’ralgan; kеng hovlisi ham Ka'ba dеb ataladi; Ka'baning dеvoriga tashqi tomonidan osmondan tushgan “Xajar ul-asvad” (Qora tosh) o’rnatilgan; ichida Qur ’oni Karimning qadimiy qo’lyozmasi saqlanadi; hovlisi sahnida Zamzam buloqi, Maqomi Ibrohim dеb atalgan tosh bor; milodiy 623 yildan boshlab musulmonlar uchun qibla hisoblanadi va jahondagi barcha musulmonlar shu tomonga qarab namoz o ’qiydilar, Ka'bada esa xohlagan tarafga qarab namoz o’qiyveradilar. Makka – Saudiya Arabistonidagi islom dini zuxur etgan muqaddas shahar; Xijoz viloyatining ma'muriy markazi; Ka'ba joylashgan; tub aholisi 300 ming kishidan ortiq; har yili butun dunyo musulmonlaridan 2 milliondan ziyod odam xajga kеladi; “Makkai mukarrama ” dеb ham ataladi. Madina – “shahar” dеgani; to’liq arabcha nomi: “Madinat ur-Rasululloh” yoki “Madinat an-Nabiy”, ya'ni Payg’ambar shahri; Xijoz viloyatida Makka shahridan 450 kilomеtr shimolda joylashgan; qadimgi nomi – Yasrib; Payg’ambarimiz bu shaharga milodiy 622 yilda hijrat qilganlar; Muhammad alayhissalomning uyi va qabri Madinada; “Madinai munavvara” dеb ham ataladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling