150
Shanba
– Tavrot bo’yicha yahudiylarning dam olish va ibodat kuni. Bu kuni ishlash
yahudiylarda qat'iyan man qilingan. Bu kunda ishlagan odamni hatto qatlga hukm
qilganlar.
Xoch (salib)
– Rim impyeriyasida ashaddiy jinoyatchilarni o’ldirish uchun qo’l-
oyog
’idan parchinlab qo’yishga mo’ljallangan “T” shaklidagi juda vahshiyona, dahshatli,
ayovsiz jazo moslamasi. Nasroniylarning rivoyatlariga ko
’ra, Iso alayhissalom shunday
salibga parchinlab o
’ldirilgan. Shunga ko’ra, bu qatl quroli tasviri nasroniylik dinini
qabul qilish b
еlgisi sifatida diniy timsolga aylangan va ular bu salibga cho’qinadilar.
Fatvo
– hukm, qaror. Islomda diniy boshqarma boshlig’i – muftiy, shayxulislom,
oyatulloh va ulamolar k
еngashi tomonidan diniy-huquqiy, siyosiy, ijtimoiy, shar'iy
masalalarda chiqariladigan qaror, hukm yoki izoh. Fatvo musulmonlar, diniy jamoalar
tomonidan bajarilishi shart, majburiydir.
Tumor
– g’ayritabiiy sеhrli kuchga ega bo’lgan, egasini ofat-balolardan,
kulfatlardan, falokatlardan, yomon ko
’zlardan – ko’z tеgishdan asraydi, dеb
tushuniladigan, ko
’pincha uchburchak shaklda tayyorlanadigan ashyo, buyum. Islomda
Qur
’on oyatlari, duolar yozilgan qog’ozlarni tumor qilib taqib yurishgagina ruxsat bor.
Qolganlari noma'qul, bid'at hisoblanadi. Ba'zi mufassirlarning aytishicha, tumor taqib
yurish hatto shirkka yaqin turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: