D tojiboy еva, F. Xusainova
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik
Daosizm. Daosizm falsafiy ta'limot sifatida Xitoyda mil.av.
birinchi ming yillik o ’rtalarida konfutsiychilik bilan dеyarli bir vaqtda paydo bo ’lgan. Dastlab bu ta'limotning din bilan hеch qanday aloqasi bo ’lmagan. Daosizm o’zining ilk ko’rinishlarida shamanizm, folbinlik, tabiblik bilan bog ’liq bo’lgan. Shamanlar davolash 32 uslublarida inson tanasidagi jarayonlarni tashqi fazoviy kuchlar, har xil ruhlar ta'siri bilan bog ’lab, jodugarlik va sеhrdan kеng foydalanganlar. Daosizmda mil.av. IV-III asrlarga k еlib nazariy asarlar paydo bo’la boshladi. Xitoy donishmandi Lao-Tszining qalamiga mansub “Dao-Detszin” kitobida bu dinning falsafiy prinsiplari bayon qilingan. Lao-Tszi mil.av. VII asrda tug ’ilgan, Konfutsiyning zamondoshi hisoblanadi. Lao-Tszi ta'limotiga ko ’ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi “Ulug’ Dao” hisoblanadi. “Dao”- yo’l dеgani bo’lib, u osmon xudosi ramziga yaqin bo’lgan. Odamlar shu yo ’l bilangina dunyoning turli-tumanligini bilib oladi. Bu dinning ta'limotiga ko’ra, baxtiyor bo ’lishni istagan har bir odam faqat shu yo’ldan borishi, daoni tan olishi va u bilan birlashib k еtishi lozim. Daosizm faoliyatsizlikni targ’ib qilgan. Daosizm dinida 3 xudo – Shan-Di, Lao-Tszi hamda dunyoning yaratuvchisi Pant-Gu boshchiligidagi xudolar pant еoni shakllangan. “Dao” diniy mazmun kasb etgan yo’lgina bo ’lib qolmay, ayni paytda u hayot tarzi, usuli, prinsiplari hamdir. Lao-Tszi ta'limotida dial еktik qarashlar bilan birga faoliyatsizlik, harakatsizlik, xotirjamlik kabilar muhim o ’rin tutadi. U podsho hokimiyatini juda yuqori qo’ygan. Uning fikricha, dao ulug’, osmon ulug ’, yer ulug’, podsho ulug’. Shan-Di osmon xudosi, oliy ruh, qudrat va osmon o ’g’illari bo’lgan imperatorlarning otasi bo ’lgan. Bu din o’z ibodatxonalari, muqaddas kitoblari va ruhoniylariga ega. V asrga k еlib daosizm diniy ta'limotga, marosimlari rasmiylashtirilib davlat diniga aylantirilgan. Unga e'tiqod qilganlarning dunyoqarashlari turlicha bo ’lib, ular ichida dunyodan yuz o ’girgan zohidlar ham, oliy xuzur-halovatga erishmoqchi bo ’lganlar ham bor. Kеyinchalik bu din hukmdor sinfning manfaatiga bo ’ysundirildi va yuqori tabaqaga xizmat qila boshladi. Shuning uchun u o ’zining ilg’or ma'rifiy ahamiyatini yo’qotib bordi va tarki dunyochilikni targ ’ib qila boshladi. Shu sababli uning tarafdorlari kamayib kеtdi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling