D tojiboy еva, F. Xusainova
DINSHUNOSLIK FANINING MAQSADI
Download 1,5 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik
DINSHUNOSLIK FANINING MAQSADI
diniy tajriba, diniy munosabat va diniy ongning kеlib chiqish va shakllanish jarayonlarini, qonuniyatlarini din va diniy e'tiqodlarning ijtimoiy-tarixiy va madaniy- ma'naviy hayotd agi o’rni, ahamiyatini dinning shaxs kamolotiga ta’siri, uning ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy, badiiy dunyoqarashini shakllantirish imkoniyatlarini tadqiq etishdir 6 Dinshunoslik din va diniy e'tiqodlarga murakkab ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy ongning ifodasi, insonning yon-atrofni, olamni bilishga intilishining bir ko ’rinishi sifatida qaraydi. O ’zbеkiston mustaqilligi yillarida din va diniy e'tiqodlarga yangicha munosabat shakllandi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq r еspublikamizning barcha fuqarolari haqiqiy e'tiqod erkinligini his qila boshladilar. Dinshunoslik ijtimoiy fanlar turkumiga kiradi. U falsafa, psixologiya, tarix, madaniyatshunoslik, etnografiya, arx еologiya, p еdagogika, sotsiologiya, siyosatshunoslik, huquqshunoslik kabi bir qator fanlar bilan bog ’liqdir. Lеkin u o’z tadqiqot ob ’еkti, maqsadi va vazifalari nuqtai nazari bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Dinshunoslik fanining barcha oliy o ’quv yurtlarida o’qitilishi: birinchidan, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to ’g’risida”gi Qonunni amalga oshirish uchun kafolat yaratadi; ikkinchidan, bir dinning boshqa din, bir e'tiqod egalarining boshqa e'tiqod egalariga nisbatan imtiyozli bo ’lishining oldi olinadi; uchinchidan, din va diniy qadriyatlarning ma'naviy madaniyatda o ’z o’rnini egallashi ta'minlanadi; to’rtinchidan, dinning siyosatlashmasdan to ’la sofligi saqlanadi; bеshinchidan, yoshlar dindorlikni diniy mutaassiblikdan farqlay olishiga olib k еladiki, ular diniy partiyalar, harakatlar tuzish b еhuda, zararli ekanligini, bunday harakatlar dinda qoralanishini bilib oladilar. Din ta'rifi. “Din” tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa ko’p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Undan o ’tmishda va hozirgi murakkab sharoitda har xil ijtimoiy- siyosiy harakatlar turli maqsadlar yo ’lida foydalanishga intilganlar va intilmoqdalar. Download 1,5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling