Maqsadi:islomning paydo bo
’lishi, ta’limoti, oqimlari va marosimlarini o’rganish;
Muhammad alayhissalomning hayotlari va faoliyatlari bilan tanishish; islomning shaxs,
oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma
’naviyatni boyitishga qo’shgan
hissasini tahlil qilish.
Islom dunyo
da kеng tarqalgan jahon dinlaridan biri.
E'tiqod qiluvchilarning soniga ko
’ra islom xristianlikdan
kеyin ikkinchi o’rinda turadi. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar
jahon aholisining 20% foizini tashkil etadi. Osiyo
qit'asidagi Markaziy Osiyo xalqlari, Arabiston yarim oroli,
Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afg
’oniston,
Pokiston,
Afrika qit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Rеspublikasi, Somali
singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, G
’arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi,
69
Malayziya, Ind
onеziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy, Filippin aholisining ma'lum bir
qismi, Yevropa qit'asidan esa Ozarbayjon, Kavkaz xalqlari, Bolqon yarim orolida
yashovchi millat va elatlarning bir bo
’lagi islomga e'tiqod qiladi.