D tojiboy еva, F. Xusainova
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rеjа: 1. Qur`оn – islоm dinining muqаddаs kitоbi (
- 2. Hаdislаr – diniy vа аxlоqiy dаsturlаr mаnbаi (
- 3. Buyuk muhаddislаr (
81 ISLOMNING ASOSIY MANBALARI Rеjа: 1. Qur`оn – islоm dinining muqаddаs kitоbi (Qur`оnning tаrkibi; Mаkkа vа Mаdinа surаlаri; Qur`оnning jаmlаnishi; Tоshkеntdаgi “Mushаfi Usmоn” tаrixi; mаshhur m ufаssirlаr). 2. Hаdislаr – diniy vа аxlоqiy dаsturlаr mаnbаi (hаdislаrning vujudgа kеlishi; hаdislаrning mа`nоsigа ko’rа turlаri; sаhih, xаsаn vа zаif hаdislаr; hаdislаrni tаnqidiy o ’rgаnish). 3. Buyuk muhаddislаr (Imоm аl-Buxоriy, Imоm аt-Tеrmiziy). 4. Toshkent shahri – islom madaniyatining poytaxti. Tayanch so ’zlar: Qur’on, sura, oyat, pora, suhuf, mushaf, Makka suralari, Madina suralari, “Mushafi Usmon”, tafsir, hadis, hadisi qudsiy, hadisi nabaviy, muhaddis, sahih, xasan, zaif, sunan. Maqsadi: Qur ’onning vujudga kelishi, to’planishi va tarkibini o’rganish; Makka va Madina suralarini, “Usmon Mushafi”ning Samarqandga kelib qolishi haqidagi turlicha qarashlarni tahlil qilish; hadislarning vujudga kelishi va ularning turlarini o ’rganish. Qur ’on – islom dinining asosiy manbasi. Qur’on islom diniga e'tiqod qiluvchi xalqlar hayoti va tarixida asosiy o ’rin tutadi. Olimlarning va buyuk ulamolarning fikr iga ko ’ra, Qur’on va unga a s o s l a n g a n i s l o m b u g u n g i d u n yo m a ' n a v i y madaniyatining muhim bir bo ’lagini tashkil etadi. Qur ’onda ilgari o’tgan xalqlar haqidagi qissalar, tarix, g еografiya, astronomiya va boshqa bilimlarga oid g’oyalar ko’p uchraydi. Qur’on hidoyat kitobi, ya'ni insonlarni to ’g’ri yo’lga boshlovchi kitob dеb hisoblanadi. Ibn Sino, 82 Forobiy, Beruniy, Abu Muso al-Xorazmiy va boshqalarning boy ilmiy meroslarida ham Qur ’on oyatlaridan, unga bog’liq ma'lumotlardan kеng foydalanilgan. Shoirlarimiz – Yassaviydan tortib Abdurauf Fitratgacha – ko’plab qalam ahllari ijodida Qur’onning katta ta'siri bor. Ularning asarlarida Qur ’on oyatlariga ishora ko’p uchraydi. Qur ’on musulmon xalqlarining falsafiy, axloqiy va huquqiy qarashlariga kuchli ta'sir ko ’rsatgan. Qur’on boy tarixiy va adabiy yodgorlik hamdir. Hozirgi davrda r еspublikamizda kishilarimiz qalbida xurfikrlilik, vijdon erkinligi, milliy munosabatlarni takomillashtirish, o ’tmish madaniy merosiga hurmat, diniy ta'limotlarga xolisona munosabatlar qaror topayotgan sharoitda Qur ’on va boshqa diniy yozuvlarni o’rganish harakati to ’la erkinlashgan. Qur ’on – islomning asosi, diniy marosimlar dasturi bo’lish bilan birga axloqiy da'vat , huquqiy m еyorlarni, marosim va an'analarni, millionlab inson hayoti va yashash tarzining eng muhim jihatlarini o ’zida mujassamlashtirgan muqaddas kitobdir. Qur ’on ilmi ulamolari uni quyidagicha ta'riflaydilar: “Qur’on – Alloh taoloning Muhammad alayhissalomga vahiy orqali nozil qilgan, tavotur ila naql qilingan, ibodatda o ’qiladigan, (barchani) lol qoldiruvchi kalomidir”. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling