Birinchisi
– dinning kеlib chiqishi juda oddiy, u kishining g’ayritabiiy kuchlarga
ishonishi va tabiat kuchlari oldidagi ojizligidan, nodonligidan k
еlib chiqqan dеgan
tushunchadir.
Uchinchidan, din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish (r
еgulyatorlik)
vazifasini bajaradi. Har qanday dinning ma'lum urf-odat, marosim va bayramlari
bo’lib, ularni o’z vaqtida, diniy ta'limot va talab asosida bajarilishi shart qilib
qo’yiladi. Masalan, islom dinida kuniga bеsh vaqt namoz o’qilishi, har hafta juma
namozi jamoa
t bo’lib ado etilishi, ramazon oyida o’ttiz kun ro’za tutilishi
musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
To’rtinchidan, din aloqa-bog’lovchilik (kommunikativ) vazifasini bajaradi.
Dinning bu vazifasi orqali dindorlarning birligi, jamiyat bila
n shaxsning o’zaro aloqasi
ta'minlanadi. Bunda muayyan bir dinga e'tiqod qiluvchi kishi shu dindagi boshqa
kishilar bilan bog’liq bo’lishi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib ado etishi ko’zda
tutiladi. Masjid, cherkov va boshqa diniy tashkilotlar dinning bu vazifasini amalga
oshirishga ko’maklashadi, ayni paytda bu holatni nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |