147
Majusiylik
– dastlab zardushtiylik musulmonlarda majusiylik dеb atalgan. Tavrotda
yahudiy bo
’lmagan, Xudovandning yakkaligini tan olmagan barcha xalqlar majusiy dеb
atalgan. Majusiylik: butparastlik, ko
’pxudolik, mushriklikdir.
Butparastlik
– but, sanam, xoch, haykal, surat va boshqa narsalarga sig’inish,
topinish, e'tiqod qilish. Hozir nasroniylar ikona (payg
’ambarlar, avliyolar rasmi), salibga;
buddaviylar
kichkina haykalchalarga sig
’inadilar.
But
– forschada “but” (Budda so’zidan olingan), arabchada esa “sanam”dir.
Yaratganni tasvirlaydigan va uning timsoli d
еb sig’iniladigan, Xudovandning tosh,
yog
’och, sopol va boshqa narsalardan yasalgan haykalchalari, rasmlari. Nasroniylardagi
salib, xoch (kr
еst) ham but hisoblanadi.
Mujtahid
– intiluvchi, g’ayrat qiluvchi. Eng oliy din olimi, ulamo. Sunniylarda
diniy huquq mazhablarining asoschilari: Imom A'zam, Imom Molik, Imom Shofi'iy,
Imom Ahmad ibn Hanbal va boshqalar. Ijtihod darajasiga y
еtishgan buyuk bilimdon
ruhoniylar va diniy huquqshunoslar mujtahid (ulug
’ imom) dеb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: