Tak'yaxona
– shi'alarda masjid.
Madrasa
– islom o’rta va oliy diniy o’quv yurti.
Sin
еndrion – Qadimgi Yahudiyada oqsoqollar kеngashi; Quddus inqirozga
uchragunga qadar oliy diniy muassasa; hukumat va sud vazifalarini ham bajargan.
Sinagoga
– yahudiylar ibodatxonasi, diniy-jamoa tashkiloti.
Ma'bad
– yahudiylarning Quddusdagi hashamatli bosh ibodatxonasi; miloddan
avvalgi X asrda Dovud alayhissalomning o
’g’li Sulaymon alayhissalom qurdirgan;
miloddan avvalgi 558 yilda bobilliklar uni vayron qilganlar; qayta tiklangan; milodiy 70
yillarda rimliklar uni butkul vayron qilib tashlaganlar; hozirgacha qayta tiklanmagan.
Cherkov
– nasroniylarning diniy tashkiloti; nasroniylar ibodatxonasi; katolik,
anglikan, pr
еsviterian ibodatxonalarining umumiy nomi.
Sobor
– qadimgi Rusda davlat ahamiyatiga molik bo’lgan muhim masalalarni
ko
’rib, hal qiluvchi yig’in, masalan, Zеmskiy sobor; cherkov sobori; shahardagi yoki
monastirdagi bosh cherkov, jom
е'.
Do'stlaringiz bilan baham: |