§. Testlar, ularni tuzish, o‘tkazish va javoblarini muhokama qilish
Talabalarning puxta bilim olishlari, ularning olgan bilimlarini tekshirishdagi qator afzalliklarini hisobga olib, keyingi paytda keng qo'Ilanilayotgan mashq turi test1 hisoblanadi.
Test yechish nihoyatda keng qo'llanilishi sababli alohida metod sifatida qaraladigan bo'ldi. Mavzuni o'rganishda testlardan foydalanish, ayniqsa, guruhda test o'tkazilgach, uning javoblarini muhokama qilish alohida ahamiyatga ega.
Testlar — bu qisqa, standartlashtirilgan yoki standartlashtiril- magan sinov, mashq bo'lib, qisqa vaqt davomida o'qituvchiga talabalarning o'quv jarayoni davomida egallagan bilimlari darajasini baholashga yordam beruvchi metoddir.
Testni qo'llashning nihoyatda keng qamrovligidan unga turli jihatdan yondashib berilgan ta’riflar ham xilma-xil.
Test — 1) standart shakldagi topshiriqlar bo'lib, aqliy taraqqi- yot, qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o'tkaziladigan sinovdir;
aniq sotsiologik tadqiqotlarda foydalanadigan tarqatma material, savolnoma;
shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va ma’lum sifat baholarini oldindan berilgan ba’zi standart-test me’yorlari bilan qi- yosiy o'rganishga moijallangan psixologik tadqiqotlarning standartlashtirilgan metodi; ,
ko'zlangan maqsadga ko'ra, savol qo'yib, unga bir-biriga yaqin bir necha, lekin to'g'risi bitta bo'lgan javoblar mujassamlan- gan topshiriq, mashqni bajarish orqali fanni, mavuni o'rganishga, o'quvchi-talabalar bilimini sinashga qaratilgan metod.
Talabalar bilimini baholashda test muhim o'rin tutadi. Bun- dan tashqari test boshqa usullar: masala yechish, referat yozish yoki savolga og'zaki yoki yozma javob yozish kabilardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
Testlar talabalar bilimini nazorat qilishning obyektiv usuli hisoblanadi. Sababi unda o'qituvchi bilan talaba o'rtasida vujudga
Do'stlaringiz bilan baham: |