Uchinchi guruhga kiruvchi mashqlar:
Iqtisodiyotda tushkunlik yuz berayotgan paytda davlat kadrlar tayyorlashning milliy dasturini qabul qilib, ta’lim xarajatlarini ko'paytirdi. Undan tashqari temir yo'l, avtomagistral, ko'prik qu- rish va boshqa ijtimoiy ishlar uchun xarajatlarni ko'paytirdi. Narx va real yalpi ichki mahsulot qanday o'zgardi? Xarajatlar ko'paytirilguncha yalpi talab va taklifning grafik tasviri chapdagi chizmada ko'rsatilgan bo'lsa, u qanday o'zgaradi?
Javob: Davlat xarajatlari ortadi. Talab ortadi. Narx o‘sadi. Talab egri chizig‘i o‘ngga siljiydi.
Yangi gaz va neft koni topildi. Natijada energiya narxini pasayishi sodir bo‘ldi. Muvozanat narxi darajasi va real yalpi ichki mahsulot hajmi qanday o‘zgardi? Grafikdagi tasvir qanday o'zgarganini ko'rsating.
Javob: Taklif ortadi. Narx tushadi. Real YalM o‘sadi. Taklif egri chizig'i o'ngga siljiydi.
O'qituvchi masala, mashqlardan foydalanishni rejalashtirar ekan, albatta o'zi darsga puxta tayyorlanishi, tavsiya qilinadigan masala, mashqni yechib, javobini yozib qo'yishi kerak.
Dars jarayonida masala-mashqlarni qo'llashdagi yana bir muhim muammo ularni javobini muhokama qilish. Odatda, masala- mashqning to'g'ri javobini aytib qo'ya qolinadi. Vaholanki, tala- baning yodida qolishi, mavzuni puxta o'zlashtirishi, hisob-kitobni to'g'ri bajarishida masalaning javobini muhokama qilish muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun o'qituvchi masalani javobini muhokama qil-
ishga e’tibor qaratishi zarur. Vaqt yetishmaydigan bo'lsa, masala- mashq yechishni uyga vazifa qilib berib, darsda uni to'g'ri yechil- ganligini muhokama qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |