D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ehtiyojlar cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni
1 Obyekt esa kishiring faoliyati, diqqat-e’tibori jalb etilgan predmet, hodisa.
bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi, turli ko'ngilochar tadbirlarda qatnashishi zarur. Ehtiyojlarga ular qay tarzda qondirilishi jihatidan qaraganda, yakka va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlar ko'zga tashlanadi. Har inson o‘z ehtiyojlarining bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Masalan, kiyim kiy- ishga bo'lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo'lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi. Ehtiyojlarni qondirishdan qanday maqsad ko'zlanganiga qarab, ularni: shaxsiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo'Iish mumkin. Boshqacha aytganda, iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga ehtiyoj. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo'lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratilgan. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa inson uchun bilvosita za- ruratlar bo'lib, uning yordamida inson yashashi, kamol topishi uchun zarur bo'lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur investitsion tovarlar yaratiladi. Ehtiyojlar qanday guruhlarga bo'linmasin, ularga qay jihatdan yondashilmasin, bir-biri bilan bog'liq, biri ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi. Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko'rsatadi. Ularni umumiy tarzda quyidagi guruhlarga bo'Iish mumkin. Aholi soni, yoshi, jinsi. Tabiiy-geografik sharoit. Tarixiy milliy an’analar va odatlar. Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti. Madaniy jihatdan erishilgan daraja. Jamiyat har xil odamlardan tarkib topar ekan, albatta, ularning har birining ehtiyoji shakllanishiga ta’sir etadigan obyektiv va subyektiv omillar mavjud. Ehtiyojlar cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni Kishilik jamiyati taraqqiyotiga nazar tashlar ekanmiz ehtiyoj- lami beto'xtov yuksalib borishini ko'ramiz. Ehtiyojlarning uzluksiz o'zgarib turishi va o'sib borishi har qanday jamiyatga xosdir. Fanda inson ehtiyojining cheksizligini, uning doirasi doimo kengayib borishi allaqachonlar aniqlangan. Ehtiyojlarning chegarasi yo'qligi xalqimizning «Insonning ko'zi tuproqqa to'lgandagina to'yadi» degan naqlda yaqqol ifoda etilgan. Hozirgi nazariyachilar—ehtiyojlar cheksiz, ular o'sishining to‘xtashi, jamiyat hayotining to'xtashini bildiradi, deya e’tirof etishadi. Ehtiyoj o‘smaganda edi, ishlab chiqarishni taraqqiy ettirishga zarurat bo‘lmas edi. Ehtiyojlar doirasining to'xtovsiz kengayib borishi ikki yo'nalishda amalga oshadi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling