D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
Ta’lim berish:
Metodlar yordamida ta’limning maqsadi amalga oshiriladi. Metodlar o'qituvchi va o'quvchilarning nazariy hamda amaliy bilimini ta’lim olish borasidagi vazifalarni bajarishga qaratadi. Kamolotga boshlash funksiyasi: 0‘quvchi, talabalarni fikrlash doirasini, bilim olish, aqliy rivojlanish sur’atini tezlashtirislida, qiziquvchanligini oshirishda o'z ifodasini topadi. 1 Аль. Фаробий. Математические трактаты. Алма-ата: Ильм, 1972, стр. 327—328. 23 Tarbiyalash funksiyasi: O'quv materialini o‘rganish, o‘zlashtirish jarayoniga mustaqil qarash, fikrlash, iroda xususiyatlari, axloqiy, ma’naviy qarashlar- ning shakllanishiga olib keladi. Bilim olishga da’vat etish, istak, xohish uyg'otish funksiyasi: Metodlar talabalarni bilim olishga da’vat qiluvchi vosita hisoblanadi. Asosiy, gohida bilishga qiziqtiruvchi, istak, xohish tug‘diruvchi yagona stimulyator vazifasini bajaradi. Nazorat funksiyasi: Metodlar yordamida o‘qituvchi o‘quvchi, talabalarning bilimini nazorat qilibgina qolmay, o‘quv jarayoni natijalariga ko‘ra unga zarur o'zgartirishlar kiritadi. Dars jarayonidagi metodlar qo‘llash imkoniyatlariga ko‘ra quyi- dagi sifatlarni o‘z ichiga oladi: Bilim berish, idrok etish, o‘zlashtirish, e’tiqodni ta’min- lovchi metodlar. Bu guruhga ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo‘ykha ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko‘rsatmalar berish, ommaviy axborot, dasturlashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi. Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nik- malarni hosil qilish, e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, dasturlashtirilgan o'qitish kabinetlaridagi mashg‘u-lotlar, ishlab chiqarish amaliyoti kiradi. Bilimlar, e’tiqodlami shakllantirish, talabalarning kasbiy tay- yorgarligini aniqlash metodlari. Bu o‘quv jarayonining reytinglari, kollokviumlar, suhbat o'tkazish, kurs va bitiruv malakaviy ishlari, davlat attestatsiya natijalarini baholash kabilarni o‘z ichiga oladi. . Metodlarni ajratib turuvchi sifatlarga: birinchi guruhda bilimni idrok qilish va o‘zlashtirish, ikkinchi guruhda tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhda attestatsiya va olingan bilimlar darajasini aniqlash kiradi. Metodlarni fanlarni o'rganishdagi qo'llashdagi qamroviga ko'ra uch guruhga bo'lish mumkin: umumiy metodlar, turkum fanlarni o‘rganishda qo'llaniladigan va xususiy metodlar Dars o‘tishning umumiy metodlari barcha fanlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Masalan, savol-javob, suhbat, tarqatma materiallardan foydalanish kabilar. Ayrim metodlarni esa ma’lum turkum fanlarni o‘qitishdagina qo‘llash mumkin. Bularga masala yechish, munozara kiradi. Xususiy metodlar faqat ayrim olingan fanni o'rganishda qo'llaniladigan metodlar yoki usullar bo'lib, u o‘rganilayotgan fanning xususiyatidan kelib chiqib qo‘llaniladi. Didaktik tadqiqotlar mashg‘ulot o‘tkazishni dialektik jarayon sifatida o‘rganadi. Unga ko‘ra: O'qitish metodlari tizimi dinamikada, harakatda, ta’lim tizimida yuz berayotgan barcha o'zgarishlarni hisobga olgan holda o‘zgaradi, rivojlanadi, deb qaraladi. Barcha metodlar bir-biri bilan aloqador. Biri ikkinchisini to‘ldiradi, biri ikkinchisiga bog‘liq. Metodlarni qo‘llashning turli-tuman modifikatsiyalari mavjud boiib, ular dars o‘tish shakllari va vositalari bilan qo‘shilib ketadi. Dastlab, dars berish metodlarini tasniflashga an’anaviy jihatdan yondashilib, o‘rganiladigan bilim manbalariga ko‘ra guruhlarga ajratilgan. Bunday guruhlanishning ijrosi qadimgi falsafiy va peda- gogik qarashlarga borib taqaladi. Bunday manbalar, qadimda uchta: amalda sinash, ya’ni praktika (tajriba), ko'rgazmali, og'zaki (so'z orqali) ifodalangan. Jamiyat taraqqiyoti tufa>ii keyinchalik unga ki- lob bilan ishlash qo'shildi. So'nggi 20 yil mobaynida hayotga, slumingilck, ta’limga shiddal bilan yangi metodlar, qog'ozsiz ax- liimil maiibai: vidco-kompyuter lizimi kirib keldi. Slmiiclay qilili, hozirgi paytda o‘rganiladigan bilim manbalariga ko‘ra, metodlar 5 guruhga bo‘linadi hamda qator usullarni o‘z ichiga oladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling