D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insert metodi o‘qish davomida talabalarga o‘z shaxsiy tushun- chalarini faol korib chiqishga yordam beruvchi kuchli qurol hisoblanadi.
- Tanqidiy nazar
Muhokama jarayonida talabalarning tanqidiy fikr yuritishlari, o‘z fikrlarini asoslashga urinishlari, o'rtoqlari bilan munozara qilishlari keyingi bosqich fikrlash, tafakkur bosqichiga o‘tilganini bildiradi. Talabalar yangi ma’lumotlami yaxshi qabul qila oladilar. Chunki ular avvalgi bilganlarini yangi olgan bilimlari bilan bemalol birlashtiradilar. Ularning o'z qobiliyatlariga ishonchlari ortadi. Insert metodi o‘qish davomida talabalarga o‘z shaxsiy tushun- chalarini faol ko'rib chiqishga yordam beruvchi kuchli qurol hisoblanadi. §. Tanqidiy fikrlashga yo‘naltirilgan metodlar Ma’lumki, tanqidiy fikrlash bu mustaqil fikrlashdir. Mustaqil fikrlashni o'rgangan kishi vaziyatni o'rganib, tahlil qilib, zarur qaror qabul qiladi. Agarda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, undan chiqib ketish yo'llarini izlaydi, topishga harakat qiladi. Qo'ygan maqsadiga yetish uchun tinmay izlanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda о‘quvchi-talabalami tanqidiy fikrlashga o'rgatuvchi metodlarni dars jarayonida qo'llashga katta e’tibor berilmoqda. Inson tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g'oyalar bilan tani- shadi,ularni amalga oshirishdagi mumkin bo'lgan oqibatlarini oladigan bo'lib boradi. Tanqidiy fikrlash g'oya va imkoniyatlami ijodkorlik bilan uyg'unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta qurishdek murakkab jarayondir. Bu faol va interaktiv bilishning bir necha dara- jalarida bir vaqtda ro‘y beradigan jarayon bo'lib ham hisoblanadi. Unda axborot olish oxirgi natija emas, balki boshlang'ich nuqta bo'Iadi. Tanqidiy fikrlash mavjud bo'lgani uchun bilish jarayoni individual, ongli, uzluksiz va unumli bo'lishi ta’minlanadi. Tanqidiy fikrlash savol qo'yish va muammoni aniqlashdan boshlanadi. Shuning uchun axborotlarni saralash va ular ichidan zarurlarini ajrata bilish talab qilinadi. Tanqidiy fikrlash asosli argu- mentlar topishni, bildirilgan fikrni to'g'riligini atroflicha asoslab berishni talab qiladi. U bildirilgan fikr, g'oyalarni bir-biri bilan taqqoslash va ular asosida qaror qabul qilishni o'rganadi, o'z nuqtayi nazarini ishlab chiqadigan bo'Iadi. Tanqidiy fikrlashga yo'naltirilgan metodlar g'oya va imkoniyatlarni ijodkorlik bilan uyg'unlashuvi turli konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va xayolan qayta ko'rishlik murakkab jarayondir. Ular o'quvchi talabalarni tanqidiy fikrlashga o'rgatuvchi asosiy metodlardan biri bo'lib, bu metodda eng asosiysi ular axborot bilan ishlash, bildirilgan fikr-g'oyalarga o'z munosabatini bildirish va ular asosida o'z nuqtayi nazarini bayon qilishni o'rganishdir. G'arbda bunday metodlarni mashhur pedagog olimlardan J.Still, K. Meredis, va Ch. Tempi va boshqalar tadqiq qilishgan. Amerikalik buyuk pedagog va faylasuf D. Dyui tanqidiy fikrlash- ning muhimligini ta’kidlab, insonning vaziyat, shart-sharoit va tajriba natijalariga nisbatan tanqidiy fikrlashigina shaxs istagi va qiziqishlarini to'g'ri yo'lga sola oladi, degan ekan. Tanqidiy fikrlashga yo'naltirilgan metodlar talaygina, ularga munozara, bahs, referat, tanqidiy nazar va boshqalami kiritish mumkin. . , Tanqidiy fikrlashga yo'naltirilgan me- Tanqidiy nazar todlar orasida kitob ustida ishlashga asoslangan metod tanqidiy nazar metodidir. Bu oddiy, samarali usul bo'lib, matnning mazmunini tadqiq qilish, imkonini beradi, uni shaxsiy tajriba bilan bog'laydi va o'z munosabatini bildirish imkonini beradi. Undan tashqari o'z fikrini yozma ravishda bayon qilishni o'rgatadi Metodni qo'llaganda eng asosiysi o'quvchi talabalar olinayot- gan axborotlarni ma’nosiga yetishlari lozim.Ulami • faol o'zlashtirganlarida, tushunib ma’nosiga yetganlaridagina eng yuqori natijaga erishishlari mumkin. Bunday natijaga tanqidiy nazar metodini qo'llash orqali erishish mumkin. Fikrlash faoliyatini rivojlantirishni turli strategiyalari, usullari, yo'llari, mavjud. Aynan tanqidiy nazar metodi o‘quvchi-talabalarni bildirgan fikrini anglashga va unga o‘z munosabatini bildirishga yo'naltiradi. Ma’lumki, o'quvchi talabalar o‘z bilimlarini ma’lum bir ma- salalami yechishda tatbiq eta olsalargina ularda bilim va ijodiy fikrlash rivojlanadi. Ana shu jarayon bu metodni qo'llash orqali bildirilgan fikrni ma’nosiga yetishdan bilinadi. Tanqidiy nazar metodini qo'llashning yana bir ijobiy tomoni -borki, u g'oyalar va tavsiflar, fikriarnmg turli-tumanligini ta’minlaydi. Agar «yagona bitta javob to'g'ri» degan kayfiyat us- tunlik qilsa, tanqidiy fikrlashga imkon bermaydi. Bunda seminar, amaliyot daftari sahifasi vertikal chiziq bilan ikki qismga ajratiladi. O'qituvchi talabalarga chap va o'ng tomonga nimalar yozilishini tushuntiradi. Chap tomonga talabaga matnni o'qish jarayonida o'ziga yoqqan, unda chuqur taassurot yoki tu- shunmovchilik tug'diigan fikr, g'oya, ma’lumotlami iqtibos(sitata) tarzida yozib borishi lozimligi uqtiriladi. O'ng tomonda esa talaba sitataga yoki muallifning fikriga o'z munosabatini bildiradi. Aynan qanday sabab ana shu fikrni alohida ajratib ko'rsatishga undaganini sharhlab beradi. Ana shu iqtibos uni nimalar haqida o'ylashga majbur qildi? O'z fikrini yozadi. Tanqidiy nazar metodi va uni dars jarayonida qo'llash quyida- gacha amalga oshiriladi: O'qituvchi mavzu, savol yoki muammoni tanlashi lozim. So'ngra ajratib olingan savol yoki muammoni qaysi adabiyotdan o'rganiladi: o'quv adabiyotidanmi yoki biron bir ilmiy ommabop jurnal yoki gazetada berilgan maqola mi rejalashtiradi. Taxminan dars qanday o'tishini texnologik xaritasini ishlab chiqadi. Dars jarayonidagi dastlab o'rganiladigan mavzu va uni qanday metod yordamida muhokama qilinishini o'quvchi - talabalarga yet- kaziladi. Tanqidiy nazar metodi asosida dars o'tish tafsiloti: <• qadam: Ajratib olingan savol, masala yoki muammo o'quvchi talabalarga e’lon qilinadi. qadam: Ana shu tanlangan mavzu yoki muammo bo'yicha zarur adabiyotlar, gazeta-jurnal va maqolalari yoki internet saytlari o'rganiladi va zarur axborotlar yig'iladi. qadam:
Tanqidiy nazar metodi ning yana bir usuli bir muammo bo'yicha ikki yoki uch muallif bildirgan fikrni sharhlashi yoki ular asosida o'quvchi-talabaning o'z nuqtayi nazarini bildirishi.
Bunda o'quvchi-talaba har ikki muallif bildirgan fikr, g'oya, nuqtayi nazarni taqqoslaydi, ular bo'yicha o'z fikrini bildiradi. 0‘qituvchi awaldan talabalarga har bir o'qilgan betdan bitta iqtibos yoki 10 betdan 4 iqtibos va hokazo tarzida keltirib, unga izoh berishlari zarurligini aytadi. Yoki bir iqtisodiy kategoriyaga turli kitoblarda turlicha ta’rif berilgan. Talabalarga ulami solishti- rish asosida eng to‘g‘ri deb, yozilganini ko'rsatib, o'z fikrini asoslab berishni topshirish mumkin: Darsni individual tarzda har bir talabadan tanlagan sitatasi va unga berilgan izohni o'qishi bilan barcha talabalar fikrini eshi- tishi shaklida tashkil qilish mumkin. So'ngra talabalar o‘zlari eng yaxshi iqtibos(sitata) va izohni kim tayyorlaganini ko'rsatib, guruh bo'yicha 1—3 o'rinlarni kimga berishni aniqlash mumkin. Bunday usul talabalarni faollashtiradi. Juftlikda ishlash, ikki talaba birgalikda iqtibos tanlab, izoh- larni ham birgalikda yozib, yozgan flkrlarini bayon qilishlari mumkin. Bunda talabalar o'rtasida eng «hozirjavob» juftlik tanlanadi. Kichik guruhlarda ishlash. Bunda har bir kichik guruh talabalar soni nechta bo'lsa, shuncha iqtibos va uning izohini kelti- rishadi. Auditoriyada esa guruh vakili taqdim qilgan sitatalardan eng yaxshi deb, topilganini izohi bilan o'qib beradi. Nima sababdan guruh aynan ana shu iqtibos va izohni eng yaxshi deb topgani sababini ham bayon qiladi. Kichik guruhlar o'rtasida berilgan javoblarga ko'ra, g'oliblar aniqlanadi. Bu metodni qo'llash o'quvchi talabalardan yuqori darajada bilim taksonorr\ogiyasi bo'yicha tahlil qilish, sintez, baholai.h dara- jasida fikr yuritishni talab qiladi. Bu metodni ko‘proq ol;y o'quv yurtlarida qo'llagan ma’qul, lekin soddalashtirilgan variantlarini
Bu metodni qo‘Uash orqali 0‘qituvchi o'quvchi, talabalarda fikrlashi qanday tarzda kechganini ko'ra oladi, iqtibosni o'ylamasdan ko'chirib qo'yaqolganmi yo'qmi, aniqlaydi. O'quvchi, talabalarda axborot bilan ishlash, uni tahlil qilish ko'nikmalari hosil bo'Iadi. O'z nuqtayi nazarini bayon qilishga, fikrlashga o'rganadi. Taqriz yozish Kitob ustida ishlash hamda tanqidiy fikrlashga yo'naltirilgan metodlar orasida «Taqriz yozish» metodi ham o'ziga xos o'rin tutadi. Bu metodni o'z fikrini yozma ravishda bayon etiladigan metodlar guruhiga ham kiritish mumkin. Taqriz — bu sinchiklab o'qilgan matnni uni o'qigan kishi tomonidan baholanishidir. Bu baho umumlashtirilgan holda ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin. Uni yozishda muallif quyidagi ketma-ketlikka amal qilishi lozim. Maqola yoki kitob muallifming ismi, familiyasi, uning nomi yoki mavzusi ko'rsatiladi. U quyidagicha bo'lishi mumkin: Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling