XVI bob. TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH
Axborot texnologiyalari rivojiangan hozirgi davrda dars o‘tishda
qanday ta’lim vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, texnik vositalarni qoMlab dars o‘tish o‘quvchi- talabalarning fanni o‘rganishga boMgan qiziqishlarini orttirishga, berilayotgan axborotlarni chuqur o‘zIashtirishga katta yordam beradi. Navbatdagi bob ana shu masalalarni o'rganishga bag‘ishlangan.
§. Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda texnik vositalar.
Ularning turlari, tutgan o‘rni
Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda texnik vositaiardan foydalanish alohida o'rin tutadi. 0‘qitish vositalarining mukammallashib borishi natijasida dars o‘tish jarayonini maqsadga muvofiq ravishda tashkil etish imkoni ortib bormoqda. Texnik vositaiardan foydalanish usuliga ko‘ra universal va maxsus texnik vositalarga bo‘linadi.
Universal vositalarga doska, diaskop, kodoskop, proektor, magnitofon, videomagnitofon, kompyuter, televizor kirishi mumkin.
Maxsus vositalar, ma’lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o‘z ichiga oladi.
Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtayi nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audio-video kompleksi, videomagnitofon, kompyuter kabilarga bo'lish mumkin.
Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta’lim vositalari deb ataladi.
Ta’lim vositalari real va texnik vositalar hamda chop etilgan o‘quv materiallarini o‘z ichiga oladi. Uning tarkibi quyidagicha bo‘ladi.
Real ta’lim vositalari, odatda, iqtisodiv yo‘nalish bo'yicha ta’lim olish jarayonida kam ishlatiladi, lekin texnik va chop etilgan o‘quv materiallari juda keng qo‘llaniladi.
Ta’lim vositalari bir-birini to‘ldiradi va dars jarayonida uyg‘unlashadi. Ta’lim vositalari talabalaming darsni tushunishi, mustaqil ishlashi, o‘quv jarayoniga faol qatnashishiga ko'maklashadi.
Kodoskop, proektor shafFof plyonkadagi tasvir (slaydlar)ni ek- ranga tushirish, aks ettirish uchun qo‘llaniladigan jihoz hisoblanadi. U foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin. Doska bo‘lmaganda zarur bo'lgan narsalarni flomaster yordamida to'ppa- to‘g‘ri yozib ko‘rsatiladi.
0‘qituvchi qaysi vositadan qachon foydalanishi, qanday vosi- tani qo‘llashini darsning maqsadi, mazmunidan kelib chiqqan holda oldindan belgilab olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |