D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
auditorlik tashkilotining hududiy manzili va telefon raqami
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
auditorlik tashkilotining hududiy manzili va telefon raqami;
auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya raqami, berilgan sana va ushbu litsenziyani bergan idora nomi; auditorlik tashkiloti davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida guvohnomaning raqami; auditorlik tashkiloti hisob-kitob hisobvarag‘ining raqami; auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditor (auditorlar) hamda auditorlik tashkiloti rahbarining familiyasi, ismi, sharifi. Kirish qismida sana va hisobot davri ko‘rsatilgan holda tek- shirilgan moliyaviy hisobotlar ro‘yxati keltirilishi kerak. Kirish qismida quyidagilar aks etishi lozim: xo'jalik yurituvchi subyekt auditorlik tekshiruvidan 0‘tkaziladigan moliyaviy hisobotni tayyorlash va uning haqqoniy bo‘lishi uchun javobgarligi; auditorlik tashkiloti auditorlik xulosa xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalariga muvofiq bo'lishi uchun javobgarligi. Auditorlik xulosasining asosiy mazmunini qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi AFMAga muvofiq amalga oshirilganligi ko'rsatiladi. Asosiy mazmunini qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot amaldagi qonunchilikka, shuningdek, moliyaviy-xo'jalik faoliyatining haqiqiy holatiga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashga asoslanganligini ko'rsatish kerak. Asosiy mazmunini qayd etish qismida auditorlik tekshiruvi fikmi ifodalash uchun yetarlicha asoslar berishi xususida auditorlik tashkilotining tasdig'i berilishi lozim. Auditorlik xulosasining yakuniy qismida auditorlik tashkilotining tekshirilgan moliyaviy hisobot xo'jalik yurituvchi subyekt moliyaviy-xo'jalik faoliyatining haqiqiy holati to'g'risida haqqoniy. tasawur berishi yoki bermasligi, moliyaviy hisobot amaldagi qonunchiligiga muvofiq yoki muvofiq emasligi xususidagi fikri ravshan bayon etilishi kerak. Auditor auditorlik xulosasini auditorlik tekshiruvi yakunlangan kun bilan belgilashi kerak. Auditor auditorlik xulosasiga xo‘jalik yurituvchi subyekt rah- bariyati moliyaviy hisobotni imzolagan yoki tasdiqlagan kundan oldingi sanani qo'yishi mumkin emas. Auditorlik xulosasiga auditor (auditorial'), auditorlik tashkiloti rahbari imzo chekishi va u auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling