D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Download 1.26 Mb.
bet201/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

о ‘rganishi va keyinchalik o'z faoliyatida ko‘llay bilishi zarur. SWOT tahlili, shuningdek, talabalarni mustaqil fikrlashga va har bir korxonaning bugungi ahvolini ko‘ra bilishiga yordam beradi.
Ushbu metodni qo‘llashda talabalarni mustaqil ishlashini tash­kil etish ham mumkin. Bunda talabalar o‘zi xohlagan tashkilotni tahlil qilib, o‘zlarini xulosalarini berishlari kerak bo'ladi. So‘ngra shu faoliyat turi bilan shug'ullanuvchi boshqa korxona bilan sol- ishtirishi mumkin. Agar guruhda talabalar soni ko‘p bo‘lsa, ularni kichik guruhlarga bo‘lish asosida bir turdagi tashkilotlami tahlil qil- ishlari mumkin.
SWOT tahlili metodini qo‘llashning afzallik tarafi shundaki, bunda talabalar individual ishlashni hamda guruhda ishlashni
о ‘rganadi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlil fanini o'rganishda yuqorida ko'rib o'tgan barcha metodlarimizni fanning va uni o'iganishning xususiyat- lariga ko'ra moslashtirish mumkin. Ayniqsa, konseptual jadval, seman- tik jadval, T-sxema, SWOT analiz, masala-mashq, test, esse yozish, namoyish qilinuvchi va tarqatma materiallar tayyorlash va ulardan foydalanish, Venn diagrammasi, tadqiqot, munozara, aqliy hujum, keys stadi metodlarini qo'llash keng imkoniyatlarga ega.

  1. §. «Audit» fani va uni o'qitish metodikasi

Iqtisodiy faoliyatda barcha darajadagi axborotlar, yuqorida ay­tib o'tganimizdek, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslanadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotida chalkashliklarga, xatolirga yo'l




qo'yish, xohish-maqsadlarimizni boshqalar tomonidan reallik tar­zida qabul qilishlariga urinish, noto‘g‘ri axborot berish va bosh­qalar, albatta chiqargan xulosamiz va qabul qilgan qarorimizni noto'g'ri bo'Iishiga olib keladi. Buning natijasida:

^ Xo'jalik yurituvchi subyektning o'zi noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolishi yoki inqirozga yuz tutishi;
'r shu xo'jalik yurituvchi subyekt bilan hamkorlik qiluvchilar' noqulay ahvolga tushib qolishi;
^ xo'jalik yurituvchi subyektning investorlari, kreditorlari katta zarar ko'rishlari;
r" boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatiga putur yeti- shi, masalan, sun’iy ravishda bankrotlik holatiga olib kelib, turli majburiyatlardan qochish holatlari yuz berishi mumkinki, ularning hammasi axborotlarning haqqoniy bo'lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu maqsadga qanday erishish mumkin? Buning uchun:

  • iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun za­rur maxsus bilimga ega bo'lish;

  • ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun niaxsus malaka, vaqt, dalil, axborot va materiallar kerak;

  • bunday bilim va malakaga ega bo'lgan shaxs xolis, mustaqil, insofli bo'lishi va uning faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki, haqqoniy boiish uning manfaatiga mos kelishi zarur.

lnsoniyat bu muammoning yechimi sifatida auditorlik xiz- matini o'ylab topdi va ana shunday xizmat ko'rsatishni : itadigan audit fani shakllandi. Tarixiy manbalarga asoslangan huiua. professor P. I. Kambishanov auditorlikni taxminan eramiz- dan oldiugi 200-yillarda shakllana boshlaganini e’tirof etadi. Ma;i.'./lashgan davlatchilikning barpo bo'lishi hamda rivojlanishi natijasiua mamlakatni boshqarish uchun haqqoniy hisob, nazorat va ... iya ishlariga zaruriyat kuchaygan. U paytlarda kvestorlar, ya’ni Rim imperiyasi davrida moliya va sudlov ishlarini olib boruv- clii ;ansabdor shaxslar joylardagi hukumat buxgalterlari ustidan nazorat qilib tuganlar. Kvestorlarning hisobotlari Rimga yuborilib, imtihon qiluvchilar tomonidan eshitilgan. «Auditor» lotinchada auditing» - aynan tarjimasi «u eshitayapti», «eshituvchi» degan tu­shuncha ana shundan kelib chiqqan1.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling