D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. Kadrlar tayyorlash va dars berish mazmunini o‘zgartirish — davr talabi


Download 0.89 Mb.
bet14/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

§. Kadrlar tayyorlash va dars berish mazmunini o‘zgartirish — davr talabi

Fan-texnika taraqqiyotining ilg‘or natijalarini qo‘llash, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, yuqori samarali texnika- texnologiyalardan foydalanish mehnat omiliga yangi talablar qo‘ymoqda.

Hozirgi kunda uning miqdor va sifat jihatlari o‘rtasidagi nisbat keskin o'zgarib bormoqda. Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqaro mehnat taqsimotida munosib o‘rin egallash, milliy iqtisodi­yot raqobatbardoshligini ta’minlash muammolari ko‘p jihatdan ish- chining bilimi, malakasi, vaziyatga qarab ish tuta olishiga bog'liq bo‘lib qolmoqda.

1998-yili YUNESKO tashkilotchiligida «XXI asrda oliy ta’lim: yondashuvlar va amaliy tadbirlar» degan mavzuda o‘tkazilgan jahon anjumani deklaratsiyasi yangi asrda oliy ta’limga bo'lgan talab misli ko‘rilmagan darajada o‘sib borishi, ya’ni yosh avlod yangi bilim, g‘oya va ko'nikmalarni egallashi, ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy ta- raqqiyotda uning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini kengroq anglashga intilishining kuchayishini ta’kidlagan edi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, XXI asr ta’lim olishning o‘ziga xos davri bo‘lishi kutilmoqda, chunki endilikda ta’lim ax- borotlar oqimi kuchaygan sharoitda amalga oshiriladi. Bu jarayon- dan albatta kasbiy ta’lim ham chetda qolmaydi.



Mustaqillik, bozor iqtisodiyotiga o'tishimiz mamlakatimizdagi barcha sohalar kabi ta’lim sohasini ham isloh qilish zaruratini keltirib chiqardi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko'rsatilgandek, O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va





ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi va qator chora-tadbirlar ko'rishni: «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni joriy etish, yangi o'quv rejalari, dasturlari, darsliklarini tayyorlash, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqish, o'quv yurtlarini attes- tatsiyadan o'tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.1

Dasturda ta’kidlanganidek, kadrlar tayyorlash tizimining de­mokratik o'zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emas­ligi, o'quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarining knmligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o'rtasida puxta o'zaro hamkorlik va o'zaro foydali integratsiyaning yo'qligi va boshqalar kndrlar tayyorlashdagi muhim kamchiliklar edi. Mamlakatimizda tn’lim tizimida qator kamchiliklar mavjud bo'lib, u o'z navbatida /.amon talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga to'tqlnlik qila boshlndi. Ularni Kadrlar tayyorlash milliy dasturi- nlltg kamchiliklar vr muammolnr qismida ko'rsatib o'tilgan.

Ti'llmnl mehnat bo/ori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi lerklbly o'ZgHriahlerni, Jnhondngi ilg'or tajribani hisobga olgan holds lAfthkil ellih jumirali vujudga keldi. Bundan tashqari ilmiy inuneidlttler, lahhib chiqarish va ijtimoiy institutlarni kadrlar tayyor- liiih Jnrnyonlgn yetarli darajada qo'shilmaganlari ham mam­l/ikatlmlzda kadrlar tayyorlashni zamon talabiga javob bermasligiga olib keldi.

Respublikamizda ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarning o'rtacha yoshlari ulg'ayib bordi. Oliy o'quv yurtlarida 40 yoshga to'lmagan fan doktorlari 2000-yili jami fan doktorlarining 0,9 foizini, 50 va undan katta yoshdagilari esa 79 foizini tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasiga tasdiqlanganlardan o'rtacha 50 nafar fan nomzodi 36 yoshda bo'lgan. Hozirgacha ham bu sohada katta o'zgarishlar bo'lgani yo'q.

Ko'ngildagidek bilimdon mutaxassis kadrlarni tayyorlash inson salohiyatini yuzaga chiqarish ularni har jihatdan bilimdonlik bilan o'qitish jarayonini tashkil etishga bog'liq.

Shunday qilib:

  1. Ma’lum sabablatga ko'ra, jahon hamjamiyati taraqqiyotida ortda qolgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling