XX bob. BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN DARS 0‘TISH
METODIKASI
Awalgi boblarda o'quv jarayonini tashkil etishning shakllari, dars o'tish metodlari, darslarda ko'rgazmali qurol,'tarqatma material, texnik vositaiardan foydalanish, o'quvchi-talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholash kabi masalalarni ko'rib chiqdik. Ular barcha fanlardan dars o'tishda qo'llaniladi. Ko'rib chiqqan va boshqa metodlarni barcha iqtisodiy fanlardan dars o'tishda qo'llash mumkin, lekin bu metodlarni tanlash va dars jarayonida qo'llashning esa o'ziga xos jihatlari mavjud. Chunki, har bir iqtisodiy fanning o'ziga xos xususiyatlari borki, dars o'tish metodlarini tanlash va ularni aynan o'tilayotgan fan, mavzulaiga moslashti- rishda albatta hisobga olish zarur.
Mazkur bobda buxgalteriya hisobi fani va uning iqtisodiy fanlar orasida o'ziga xos xususiyatlari va ularga muvofiq ravishda dars o'tish metodlari, usullarini moslashtirishni o'rganamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |