Suv ” leksemasining o’ziga xos leksik- semantik xususiyatlari Toshpo`latova Dilshoda Karimjanovna


Download 21.46 Kb.
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi21.46 Kb.
#1242493
  1   2   3   4
Bog'liq
So`z tahlili


Suv ” leksemasining o’ziga xos leksik- semantik xususiyatlari
Toshpo`latova Dilshoda Karimjanovna
(Namangan davlat universiteti 2- kurs magistranti)
O`zbek tili o`zining qadimiy va boy til ekanligi bilan barchani o`ziga jalb etadi. Til tarkibidagi har bir so`z ichki ma`nolari , jilosi bilan tahsinga loyiq. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyev : “ Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo`lgan o`zbek tili xalqimiz uchun milliy o`zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli , bebaho ma`naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o`zbek tilining boy latofatini , jozibasi va ta`sir kuchini , cheksiz imsoniyatlarini his qilmoqchi bo`lsa , munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni , o`lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo`shiqlariga quloq tutsin “,- degan so`zlari orqali o`zbek tilining qimmati va sehrini ko`rsatib bera oldi.
O`zbek tilida shunday so`zlar borki, ularni til jihatdan tadqiq etish , tarix, geografiya, etnografiya, biologiya kabi juda ko`plab fanlar uchun ham nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Biz bu borada izlanar ekanmiz, maqolamiz uchun “Suv ” leksemasini tanladik.
Keling , “O`zbek tili izohli lug`ati” ga yuzlanib, “suv ” leksemasi izohlariga to`xtalamiz.
1.Suv- vodorod bilan kislorodning kimyoviy birikmasidan iborar rangsiz, hidsiz, shaffof suyuqlik. Tabiatda muz va bug` holatida ham uchraydi, barcha tirik organizmlarning va ko`pgina moddalarning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Qor suvi. Buloq suvi. Tiniq suv.
Xoku suvdan odamni bunyod aylading,
Oxirin ham xok etib, yana barbod aylading. ( F. Attor. “Mantiq ut- tayr”)
2. Shunday suyuqlik ichimlik sifatida:
Aqalli bir payola suv bo`lsayam roziydim. Bir piyola suv…
(U. Hamdam “Bir piyola suv”. Hikoya )
3. Soy, ko`l, daryo va shu kabilarning suvli sathi haqida.
Suv bo`yi. Suvning narigi beti.
Suv bo`yida majnuntol,

Download 21.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling