Suv tekin-arzon.Bozorda anorlar suv tekin bo`lib ketdi.(gazetadan)
Suv bo`lmoq. 1) terlab jiq hoʻl boʻlmoq, terga botmoq. Bemor isitmalab, suv boʻlib yotibdi;
2) erib suvdek boʻlmoq . Temirchining qoʻlida temir erib suv boʻlar. Maqol
Quyosh sening shavqingda hushini yo`qotgan, har kecha ikki qulog`ini yerga ishqaydi. Oy ham ishqingda suv bo`libdi.
(F. Attor. “Mantiq ut-tayr”)
Sirtiga suv yuqtirmaslik- Ilgari zamonlar bo'lganda-ku, sirtiga suv yuqtirmas quloqvachcha sovet. (Ch. Aytmatov .”Qiyomat”)
Ancha suvlar oqdi- Koʻp zamonlar oʻtib ketdi, ancha vaqt boʻldi. Ha, qizim, undan buyon qancha-qancha qorlar yogʻdi, qancha-qancha suvlar oqdi, u vaqtlarda yosh ekanmiz, farosat oz ekan, koʻp-koʻp kamchiliklar oʻtdi. Sh. Rashidov, «Boʻrondan kuchli» .
Og`zining suvi kelmoq-Havasi keldi; yegisi, ichgisi keldi
“Suv” leksemasining maqollar tarkibida kelishini ham ko`rib chiqamiz.
“Suv- oltindan aziz”, “Oy suluvi nur, soy suluvi -suv ”, “Suv taralar tuproqqa, oro berar yaproqqa”, “Tomchi suvda tol ko`karar”, “Suvsiz yer-jonsiz jasad”, “Suv ko`rmay ,etik yechma”, “Er boshiga ish tushsa, etik bilan suv kechar ”, “Og`ir toshni suv eltmas”, “Suvdan ilgari bug`ot solma”, “Suvsagan o`lmas, hovliqqan o`lar”, “Suvdan kechgan ho`l bo`lar, Mehnat chekkan zo`r bo`lar”,” O't bergan o'tini olar, Suv bergan — suvini”,” O'tniki — o'tga, Suvniki — suvga “.
“Suv” leksemasini o`rganish asnosida o`zbek tilimizning naqadar boy va serqirra ekanligiga yana bir bor amin bo`ldik. Shu tilni asrab –avaylash, saqlab qolish va boyitib borish har bir millat vakilining burchiga aylanmog`i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |