D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Download 0.89 Mb.
bet42/214
Sana05.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#213162
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Dars о ‘tishning talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv metodlari ayrim adabiyotlarda noan 'anaviy dars о 'tish metodlari deb ham ta ’riflanadi. Bu metodlardan avvallari ham foydalanilgan, lekin kam- roq e ’tibor berilgan. Hozirgi paytda butun dunyoda faol interaktiv me­todlarni qo 'llashni dars 0 ‘tishning samarali metodi sifatida tan olinib, keng qo ‘llanilmoqda.

Interaktiv metodika o‘zaro hamkorlikning nihoyatda ko‘p usul va turlarini qamrab oladi. Lekin metodik usul qanday boiishidan qat’i nazar, 0‘quvchi talabalarning tajribalari asosiy ta’lim manbai hisoblanadi. Hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan metodlarning asosiy xususiyati shundaki, unda o‘quvchi, talaba o‘zi uchun ni- manidir kashf qiladi.

Interaktiv metodlar «o‘qishga va uqishga» o‘rgatadi. U o'quvchi-talabalarning nihoyatda katta intellektual potensialidan foydalanish imkonini beradi, ularni o‘quv jarayonida faol qatnash­ishlarini ta’minlaydi. O'quv jarayonida nafaqat hamkorlik, balki musobaqa, bellashuv elementlarini ham qo‘llash imkonini beradi.

Interaktiv metodlar talabalarni o‘z fikrini ifodalashi uchun keng imkoniyat yaratib beribgina qolmay, o‘rtoqlarining fikri, asoslari, dalillarini tinglab, o‘z fikridan qaytishi yoki fikrini tamo- mila o‘zgartirishi mumkin. Interaktiv metodlar boshqalarning fik- riga hurmat bilan qarashga, uni sabr-toqat bilan eshitishga ham 0‘rgatadi. Auditoriyada hamkorlik muhitini yaratishning real imkoniyatini yaratadi.

0‘qituvchi yaxshi dars berishning tayyor retseptiga emas, balki





interaktiv metodlarga asoslangan ta’lim texnologiyasiga ega bo'lishi kerak. U ijodiy hamkorlikda ishlashga va mas’uliyatli qarorlar qabul qilish uchun tayyor turishga 0‘rgatadi.

Ta’limning interaktiv metodlari pedagoglarda:

  • darsda o'rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otishni ta’minlaydi;

  • o'quv materialini puxta o‘zlashtirish imkonini beradi;

  • 0‘quvchi, talabaning tahliliy fikrlashini rivojlantiradi;

  • barcha 0‘quvchi, talabalarni 5‘quv jarayoniga tortish, faol- ligini oshirish uchun sharoit yaratadi;

  • guruhda ko'ngildagidek ijobiy psixologik iqlim, muhit yaratadi.

Dars o‘tish metodlari turlicha boiib, ulardan ayrimlari quyida-

gilar:


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling