D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
§. Dars o‘tishda munozara metodini qo'llash
Download 0.89 Mb.
|
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasdiqlash.
- Sukut saqlash.
- ‘qituvchi o‘z munosabatini bildirishga shoshilmasligi kerak.
§. Dars o‘tishda munozara metodini qo'llash
Talabalarni o'z fikrini qat’iy himoya qilishga, boshqalarning fikrini tahlil qilishga, mantiqiy mushohada yuritishga undaydigan, darsda faol qatnashishlarini ta’minlaydigan metodlardan biri darsni munozara metodi asosida tashkil qilishdir. Tadqiqotchi J. T. Dillon tomonidan o'qituvchi izlanuvchanlik va hamkorlikka asoslangan tarzda munozarani tashkil etishi uchun quyidagilarga e’tibor berish lozimligi ko'rsatilgan. Tasdiqlash. Munozarani boshqamvchi shaxs ma’lum muammoni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi g'oyani 0‘rtaga tashlaydi. Bu bildirilgan fikrdan ta’sirlanib, uni tushunganlik va tushuna ol- maganlikni tasdiqlash usuli. Tasdiqlovchi fikrlarni birmuncha yumshoq ohangda bayon etib munozaraga chorlaydi. Bunda, «Qani, Feruza sizning fikringizcha to'g'rimi, nima deya olasiz?» yoki «Hozirgina Sardor fikr bildirdi siz unga ko'maklashasizmi?» deb murojaat qilish mumkin. Munozara davomida talaba o'z fikrini qandaydir mujmalroq bayon qilsa, «Meni tushunishimcha, siz demoqchi edingiz, lekin Nafisa dedi. Demak, siz uni fikriga qo'shilmayapsiz», deya yo'naltirib, ko'rsatmalar berib turadi. O'qituvchi munozarani sinchkovlik bilan kuzatishi va boshqa- rishi zarur. O'quvchi va talabalar fikridan munozarani qizitish maqsadida foydalanishi zarur. Munozarada vujudga kelgan vaziyat- dan ustalik bilan foydalanish kerak.
Savollar. O'quvchi-talabalar o'qituvchining savolidan tashqari sinfdoshlari, kursdoshlari savollarini muhokama qilishga moyil bo'lishadi. Shuning uchun ko'proq ularni savol berishga undash zarur. Ishoralar. Munozara jarayonida o'qituvchi gapirayotgan talabani fikrini bo'lmaslik yoki bo'g'ib qo'ymaslik uchun ovoz chiqarmay, imo-ishoralar bilan boshqarishi ma’qul. O'qituvchining yuzida tushunmaslik alomatlarimng paydo bo'lishi, o'quvchi- talabalar uchun «tushuntirish talab qilinadi» degan signaldir. Qo'llarni go'yo ikki narsani tortayotganday holatda-bo'lishi «ayti- layotgan ikki g'oyani taqqoslab, ularning qaysi biri to'g'ri ekanligini tasdiqlash» ishorasini beradi. O'qituvchining ko'zlarini katta ochib, gapiruvchini ko'rsatib, tinglashga ishora etishi fikrni oxirigacha diqqat bilan eshitishga undaydi. O'qituvchining yuzidagi qiziquvchanlik, tasdiq ishorasi o'z fikrini ifodalash uchun so'z topolmay turgan talaba (o'quvchi)ni yanada ilhomlantiradi. Sukut saqlash. Munozara uchun o'rtaga savol tashlangach, uni o'ylash uchun vaqt beriladi. Lekin bu vaqt qisqa bo'lishi, uni o'qituvchi to'ldirishi zarur. Bo'lmasa, uni to'ldiruvchilar ko'payib ketadi. O'qituvchi munozara jarayonida o'z fikrini bildirayotgan tala- baning gapi, dalillaridan qoniqmasa yoki uni to'g'ri javobga yo'naltirishi lozim bo'lsa, ularni qo'llab-quwatlash lozim bo'lsa, talaba jim qolganda: Misol keltira olasizmi? Nima uchun shunday deb o'ylaysiz? Siz, demak, Shuhratni fikriga qo'shilmaysiz? yoki fik- riga qarshisiz? Siz o'rtog'ingizni fikrini qo'llab-quvvatlaysiz? kabi savollar bilan murojaat qilib, yoki «nahotki», «rostdan-a», «yo'g'-е», deb luqma tashlab, ularga ruhiy madad berib, yoki asossiz fikrlar bildirishga yo'l qo'ymaydi. Siz o'z dalillaringiz bilan Otabekni ishontiring, u nimagadir gaplaringizga ishonchsizlik bilan qarayapti. Keyingi bildiigan fik- ringiz, Azizning fikriga zid emasmi? Negadir sizga hayrat bilan qarayapti? - deya talabalar to'g'ri yo'nalishga solinadi. Talabalarni xatolariga qay tarzda ta’sir ko'rsatish munozara olib borish uchun juda ahamiyatlidir. Odobli luqma tashlash, savol berish fikrni oydinlashtirib, aytil- gan g'oyani mantiqiy oqibati to'g'risida fikrlashga iziqish uyg'otadi. Qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o'qituvchi ma’qullaydimi, yo‘qmi, 0‘qituvchi o‘z munosabatini bildirishga shoshilmasligi kerak. Bu munozara yuritishning qat’iy qoidasi hisoblanadi. Munozara jarayonida talabalarning o'zlari o'rtoqlari bildirgan fikrni qaysilariga qo'shilishlari yoki qo'shilmasliklarini bildirishadi. Shu bilan birga o'qituvchi mantiqsiz, yaqqol qarama - qarshi, asos- siz fikrlarni aytilishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Munozara o'tkazishdan awal talabalarga tarqatma material sifatida munozarada o'zlarini qanday tutish kerakliklarini ko'rsatuvchi quyidagi eslatmani tarqatgan ma’qul. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling