Д. У. Жакпарова 


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1085917
  1   2
Bog'liq
matematika-darslarini-tashkil-qilishda-ko-rgazmalilik-metodi



ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2020. № 2-6 (101) 
__________________________________________________________________________________ 
 
109
УДК 378 
Д.У. Жакпарова 

 
 
MATEMATIKA DARSLARINI TASHKIL QILISHDA KO‘RGAZMALILIK METODI 
Ushbu maqolada matematika darslarini tashkil qilishda ko'rgazmalilik 
metodlaridan foydalanish xaqida so'z yuritilgan.
 
Kalit so'zlar: matematika, mashg'ulot,dars, ko'rgazma, metod. 
 
Dunyo imoratlari ichra eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblar ichida eng sharaflisi o’qituvchilik kasbidir. Men 
shu sharafli kasb egasi bo’lganimdan faxrlanaman.
Bilamizki, uzluksiz ta’lim tizimining asosini boshlang’ich ta’lim tashkil etadi. Agar o’quvchi boshlang’ich 
sinfda yaxshi o‘zlashtirsa, yuqori sinfda ham qiynalmaydi. Ana shu nuqtai nazardan boshlang’ich ta’lim tizimiga 
alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Ammo hozirgacha bo‘lgan darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalarda bosh-
lang’ich sinf matematika darslarini tashkil qilishda tajribali o‘qituvchilar uslubidan foydalanish metodikasi yaxshi 
yoritilmagan. Shuning uchun bu muammoni ishlab chiqishga harakat qilmoqchiman. Nima uchun tajribali o‘qitu-
vchilar ish uslubi kerak? Ularning ish uslublaridan matematika darslarida qanday foydalanish kerak? Degan savol-
larga javob topishga harakat qilaman. Maqsadim, boshlang’ich sinf matematika darslarini tashkil qilishda tajribali 
o’qituvchilar uslubidan foydalanib, dars o‘tish hamda yangi pedagogik texnologiyani dars jarayoniga tatbiq etish 
metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
Mashhur pedagog va psixologlar matematika faniga oid o‘z fikr va qarashlarini bayon etishgan. Matematika 
darslarida aqliy ko‘nikmalar hosil bo‘lishi R. A. Galpen tomonidan ishlab chiqilgan. O‘quv faoliyatini o‘stirish va 
uning qizg‘in olib borilishi ta’lim samarasini oshiruvchi asosiy metodlardan biridir. Matematik qobiliyatlarni 
rivojlanishi to‘g‘risidagi masalani hal qilishni tajribali pedagoglarning dars o‘tish uslublariga bog‘lamasdan ko‘rib 
chiqish mumkin emas. Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari o‘qituvchi va o‘quvchi hisoblanadi.
- O‘quvchi faoliyatidagi asosiy jarayon: tinglash → ko‘rish → mashq bajarish; 
- O‘qituvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar : so‘zlash → ko‘rsatish → vazifa tekshirish → rahbarlik → 
nazoratni tashkil qiladi.
Bayko bilimlar tizimini o‘rganib: manbaga ta’sir etuvchi shart – sharoit va amallarni bajarishga ta’sir etu-
vchi bilimlar tizimiga ajratadi. Matematik Mahmutov: Bilimlarni asosan uchta guruhga: 
1. Umumlashgan bilim; 
2. Voqelik; 
3. Atama va faktlarga bo‘ladi. 
Masala yechish jarayonini tatqiq qilishda D. Poya katta hissa qo‘shgan. U har qanday masala ikki qismga 
ajralishini; masalaning qo‘yilishi va yechimini izlash jarayonini tatqiq qilgan. 
Muammoli ta’lim mashhur polyak didakti Okonbiz tomonidan tatbiq qilingan:
1.Muammoli vaziyat hosil qilish; 
2.Uni shakllantirish
3.Hal qilishda o‘quvchiga yordam berish; 
4.Tekshirish. 
Bu metodga doir ko‘rgazma bo‘lsa, o‘quvchi muammoni yechishga yanada qiziqib ketadi.
Mashhur matematik, akademik A. S. Pontryagen ikkala ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligiga qaramasdan, ko‘rgaz-
mali tasavvurlar katta rol o‘ynaydigan joyda matematika sohasida o‘zining ilmiy kashfiyotlarini yaratgan. Bundan 
ko‘rinib turibdiki, ko‘rgazmalilik boshlang‘ich sinflar uchun eng zarur bo‘lgan metodlardan biridir. O‘qituvchi 
ijodkor bo‘lmog‘i lozim. Har bir darsida o‘quvchilarga yo‘q deganda yana bir yangilik bilan aytsa, o‘zi tayyorlagan 
ko‘rgazmali qurollardan keng foydalansa, albatta, yaxshi natijaga erishadi. Rang – barang va qiziqarli qilib tayyor-
langan ko‘rgazmalar o‘quvchilarni jalb qilmay qolmaydi. Har bir dars – bir – birini takrorlamasligi kerak. Shunda 
bolani qizqishi ortadi. O‘qituvchi kerakli bilimini bera oladi va ko‘zlagan natijaga erishadi.
O‘quvchining past o‘zlashtirishiga sabab savodining (o‘qish va yozishini) sustligida, uning sababi esa xo-
tirasining kuchsizligida deb bilaman. Shuning uchun xotirani mustahkamlovchi turli ko‘rgazmali vositalardan foy-
dalanish maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Men har bir darsimni ko‘rgazmali vositalar asosida tashkil qilib
tajribali o‘qituvchilar uslubidan va yangi pedagogik texnologiyalar, o‘qitishning og‘zaki, ko‘rgazmalilik va amaliy 
metodlaridan, noan’anaviy uslublar: o‘yin, sayohat, aqliy hujum, zanjir, musobaqa, esse, test sinovi, tezkor savol- 
javob uslublaridan keng foydalanaman. O‘quvchilarim o‘zlari olgan baholarini doskaga mehr bilan qo‘yadilar, 
past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar esa hijolat chekadilar va kelgusi darslarda yaxshi baholar olishga intiladilar. Har 
© Жакпарова Д.У., 2020. 



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling