Elektr zanjiri va uning elementlari
Download 43.71 Kb.
|
O’tkazgich qarshuliklarni o’lchash (Uitston ko’prigi vositasida)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr toki va tokning kuchi.
- Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni.
- To’liq zanjir uchun Om qonuni
Elektr zanjiri va uning elementlari. Eng sodda elektr zanjiri elektr energiyasi manbaidan, elektr energiyani uzatuvchi va qabul qiluvchi qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Shunday qilib, elektr energiya manbai, tok o’tishi mumkin bo’lgan simlar va tokni qabul qiluvchi qisimlardan tashkil topgan sistema elektr zanjiri deyiladi. Elektr zanjirini tashkil qilgan qismlahning shartli belgilar asosida ifodalanishi elektr sxema deyiladi. Elektr toki va tokning kuchi. Zaryadlarning tartibli harakatiga elektr toki deyiladi. Zaryadlangan jismlarning tartibli harakatidan hosil bo’lgan tokka konveksion tok deyiladi. Metallardagi erkin elektronlarning tashqi elektr maydoni ta’sirida tartibli harakati natijasida hosil bo’lgan tokka o’tkazuvchanlik tori deyiladi. Tok kuchi deb, o’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasidan vaqt birligi ichida o’tgan zaryadga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi (1) Agar tokning kuchi miqdor va yo'nalish jihatdan dolmiy, ya'ni I= const bo’lsa, (1) tenglama integral ko’rinishiga keladi (1.a) Tok kuchi “SI” o’lchov birliklar sistemasida “Amper” larda o’lchanadi ya’ni, (amper) Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. O’tkazgichning bir qismidan o’tgan tokning kuchi, uning uchlaridagi kuchlanish U ga to’g’ri, qarshiligi R ga teskari proporsionaldir (2) O’tkazgishning qarshiligi uning uzunligi l ga to’g’ri , ko’ndalang kesim yuzi S ga esa teskari proporsionaldir, ya’ni (3) bunda, – proporsionallik koeffitsiyenti, u metallning tabiatiga bog’liq bo’lib, solishtirma qarshilik deb ataladi. To’liq zanjir uchun Om qonuni. Yopiq zanjirdan o’tayotgan tokning kuchi manbaning elektr yurituvchi kuchi (EYuK.) ga to’g’ri, zanjirning to’la qarshiligiga teskari proporsionaldir (4) Qurilmaning tuzilishi va o’lchach usuli Biror Rx qarshilirning qiymati R0 ma’lum qarshilikning qiymati bilan taqqoslab topishda qo’llaniladigan sxema Uitston ko’pirigi deb ataladi. Uitston ko’pirigidagi E manbaga ulangan zanjirdan o’tuvchi I tok kuchi A tugunda tarmoqlanadi. Zanjirning ACBA qicmi ketma-ket ulangandan Rx – noma’lum va R0 – aniq ikkita qarshilik va tarang tortilgan AB simdan iboratdir. Bu qarshiliklarning uchlari ulangan C nuqtaga o’lchov asbobi G-galvanometr ulanib, ikkinchi uchi esa D sirpanuvchi kontaktga ulangan. Bu kontakt AB sim bo’lab siljiy oladi va shu tarzda AD va DB qisimlarning R1 hamda R2 qarshiliklar yoki l1 hamda l2 uzunliklar nisbatini o’zgartira oladi. Bu holat uchun tokning yonalishi 1- rasmda ko’satilgabidek tanlab olinsa, Kirgofning 1- qonuniga binoan: Zanjir tugunida ucrashgan toklarning algebraic yig’indisi nolga tengdir: quyidagi tenglamalarni yozish mumkin. A, C, D tugunlar: (5) Sxemadagi ACDA, CBDC va ABEA berk konturlar Kirgofning II- qonuni ga binoan har bir yopiq ko’ntur uchun quyidagi tenglamalarni yozish mumkin: (6) Galvanоmetrdan o’tuvchi tok nolga (Ig =0) teng bo’lganda (5) va (6) tenglamalar quyidagi ko’rinishga keladi (7) bundan, (8) Bu yerga bir jinsli AB sim qismlar qarshiliklarning nisbati, uzunliklari nisbati kabilar, ya’ni: Rx = R0 (9) (9) formulada yelkalar hisbati birga yaqin bo’lganda Rx – ning o’lchash aniqligi katta bo’ladi. Shuning uchun ham Uitston ko’hiridan Rx no’malum qarshilikni o’lchashda R0 ma’lum qarshilik no’malum qarshilikdan ko’p farq qilmasligi maqsadga muvofiqdir. 1-rasm. Download 43.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling