FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Ibodullayev Z. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik. -T.: 2012
2. Ergash G’. Umumiy psixologiya. Darslik. -T.: 2010.
3. Melibayeva R.N., Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0‘quv
qo‘llanma
. -T.: 2018.
4.Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy Psixologiya. Darslik. -T.: 2009.
5. Tibbiyot Ensiklopediyasi www.google.com
TASAVVUF ILMINING INSON PSIXOLOGIYASI BILAN O’ZARO
BOG’LIQLIK JIHATLARI
K.B. Murotmusayev
O`zbekiston Respublikasi Oriental Universiteti,
“Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi, dotsenti, t.f.n.
R. Kamolova
O`zbekiston Respublikasi Oriental Universiteti,
2 - bosqich talabasi
Annotatsiya: Maqolada tasavvuf ilmi, uning darajalari, inson psixologiyasi bilan
ayni bir shaklda ekanı yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: tasavvuf ilmi, nafas, psixologiya, komil inson, tariqat.
Har ilmning o’z mavzusi bor va unda o’sha ilmning mohiyati, hodisa-qoidalari haqida
baxs boradi. Insonning ruhini tariqat odoblari, usullari orqali parvarish etish bilan birga
uni go’zal hamda xulq-atvorli, fazilatli qilib tarbiyalash mumkin.
Mutasavvif olimlar
tasavvuf nima degan savolga uzundan uzoq javoblar berishgan. Ularning barchasini
bir joyga yeg’ilsa bir kitob bo’ladi. XV asrning birinchi yarmida yashab o’tgan Sayyid
Qosimiy degan shoir ham masnaviylaridan birida tasavvuf ta’rifiga oid bir necha baytlar
bitgan. Ularning orasida quyidagi bayt diqqatingizni tortadi:
Tasavvuf barchasi pand-u adabdur
Riyoz-y sidq birla doim talabdur.