Daftar” leksemasi komponentligida yuzaga kelgan yangi ijtimoiy-siyosiy birliklar xususida


Download 27.53 Kb.
bet3/3
Sana25.02.2023
Hajmi27.53 Kb.
#1227467
1   2   3
Bog'liq
Milliy Universitet xalqaro konferensiya uchun 18.12.22

yangi ish usullari” deya “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” tashkil etilganligi ko‘rsatilgan [1,52].
Predmet ifodalovchi birliklar bilan bog‘liq yuzaga kelgan leksik neologizmlardan yana biri “Yoshlar daftari” dir. Ushbu ifoda ham daftar leksemasi asosiga qurilgan bo‘lib, “qonun kuchiga ega ro‘yxat” shakllaridan biridir. Ro‘yxatni nimaga xizmat qilishi va asos qilib olingan manbaa uning xususiyatini belgilaydi. “Yoshlar” so‘zi “navqiron o‘g‘il-qizlarga” [6,53] nisbatan qo‘llanilib, bugungi kunga kelib, “ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar ba’zasi” ni anglatadi [9].
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, daftar so‘zi atrofida yuzaga kelgan yangi semalar maydon markazida turuvchi daftar bilan bevosita bog‘liqdir. Ayni paytda birikmalar uchun tobe komponentlarning mavjud semantik xususiyati u qatnashgan kontekst hamda hosila semalarga zidlanuvchi leksik birliklar orqali anglashilishi mumkin. Masalan, “temir daftar” temir – qat’iy, o‘zgarmas semalari “ixtiyoriy, erkin, o‘zgaruvchi” leksemalariga zidlansa, “yoshlar daftari” yoshlar – navqiron yigit-qizlar semalari “qari” so‘ziga aksi qo‘llanadi. Bu ifodalarning yuzaga kelishi boshqa millatlardan farqli o‘laroq o‘zbeklarning milliy-madaniy xususiyatlari bilan bog‘liqdir. O‘zbek mentalitetida oilani qadrlash, kattaga hurmat va kichikka izzat, ayolni e’zozlash, yoshlar tarbiyasiga mahalla, jamiyat miqyosida e’tibor qaratish an’analari o‘zbek leksik qatlami uchun yangi ijtimoiy-siyosiy ifodalar shakllanishi sabab bo‘ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Мирзиёев Ш. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Т.: O‘zbekiston, 2021.
2. Абдушукуров Б. “Қисаси Рабғузий” лексикаси. – Т.: Akademiya. – 2008.
3. Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1995.
4. Усмонов О., Ҳамидов Ш. Ўзбек тили лексикаси тарихидан материаллар (ХIХ аср охири – ХХ асрнинг бошлари). – Т.: Фан, 1981.
5. Искандарова Ш. Лексикани мазмуний майдон асосида ўрганиш муаммолари. – Т.: Фан, 1998.
6. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Т.: Ўзбекистон миллий енсклопедияси.
7. Hojiyev A., Nurmonov A va boshqalar. Hozirgi о‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati. – T.: Sharq, 2001.
8. Iskandarova Sh., Qurbonova B. Tilshunoslik nazariyasi. – F.: Classik, 2021.
9. Internet ma’lumotlari: https://advice.uz/uz/document.

Download 27.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling