Daftar” leksemasi komponentligida yuzaga kelgan yangi ijtimoiy-siyosiy birliklar xususida


Download 27.53 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi27.53 Kb.
#1227467
  1   2   3
Bog'liq
Milliy Universitet xalqaro konferensiya uchun 18.12.22


DAFTAR” LEKSEMASI KOMPONENTLIGIDA YUZAGA KELGAN YANGI IJTIMOIY-SIYOSIY BIRLIKLAR XUSUSIDA
Yokubbayeva Umida Abduvaxob qizi
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi matnida qo‘llangan leksemalar semantikasi tahlil qilingan. Lisoniy va nolisoniy omillar ta’sirida ayrim so‘zlar doirasida shakllangan semantik maydon va ushbu maydon tarkibidagi hosila ma’nolar qiyosiy tahlillar asosida o‘rganib chiqildi.
Kalit so‘zlar: lisoniy, nolisoniy, leksik sistema, semantik maydon, atash sema, ifoda sema.
О НОВЫХ СОЦИАЛЬНО-ПОЛИТИЧЕСКИХ ЕДИНИЦАХ, ЯВЛЯЮЩИХСЯ КОМПОНЕНТОМ ЛАКСЕМЫ “ДАФТАР”
Ёкуббаева Умида Абдувахоб кизи
Опорный докторант Наманганского государственного университета
Аннотация. В данной статье проанализирована семантика лексем, используемых в тексте книги Президента “Новая стратегия Узбекистана”. На основе сопоставительного анализа изучалось семантическое поле, формирующееся внутри отдельных слов под влиянием неязыковых факторов, и производные значения внутри этого поля. Ключевые слова: языковая, неязыковая, лексическая система, семантическое поле, аташ сема, экспрессионная сема.
ABOUT NEW SOCIO-POLITICAL UNITS AS A COMPONENT OF THE “DAFTAR” LAKSEM
Yokubbayeva Umida Abduvaxob qizi
Doctoral student of Namangan State University
Annotation. This article analyzes the semantics of lexemes used in the text of the President's book "The New Strategy of Uzbekistan". On the basis of a comparative analysis, the semantic field, which is formed inside individual words under the influence of non-linguistic factors, and the derived meanings within this field were studied.
Key words: linguistic, non-linguistic, lexical system, semantic field, atash seme, expressional seme.
Har qanday so‘z lingivistlar tomonidan qanday talqin qilinishidan qat’iy nazar, semantik uchburchak holidami, to‘rtburchak holidami, obyektiv borliqni ong orqali aks ettirish bosqichi vositasida ifodalaydi [8,86]. Tilning lug‘at tarkidagi leksik birliklar ma’lum predmet, voqealik, qandaydir munosabatni ongda aks ettiruvchi leksik ma’nolarga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, so‘zlar reallikka ega predmet hamda inson tafakkuridagina mavjud mavhum tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklarga ajratiladi. Predmetlar bilan bog‘liq voqealikni ongda aks ettirgan tushunchalar bugunga kelib kengaymoqda. Xususan, XXI asr – axborot davrida ijtimoiy-siyosiy voqealikni shiddat bilan rivojlanishi ayrim leksemalarning semantik strukturasida o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Biz tahlil ostiga olgan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida predmet ifodalovchi daftar, xarita, darcha leksemalarining mazmuniy planida sezilarli darajada takomillashuv bo‘lganliganligini ko‘ramiz.
Daftar turli xil taassurotlarni, voqea-hodisalarni hisob-kitob ishlarini yozib borish uchun mo‘ljallangan qog‘ozlar to‘plami [7,43] bo‘lib, lug‘atlarimizda ushbu leksema vositasida shakllangan veksel daftar, kundalik daftar, nota daftar, xotira daftar, shikoyat daftar, hisob daftar, temir daftar kabi birikmaviy shakllar izohlab o‘tilgan [6,556]. Ma’lum ijtimoiy maqsad doirasida qo‘llanuvchi ushbu predmet ifodalovchi leksema ko‘chma ma’noda dard (ko‘ngil daftari), umr (hayot daftari), shikoyat va o‘kinch (hasrat daftari) kabi ma’nolarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi.
Bugungi kunga kelib esa, daftar so‘zi bilan bog‘liq uch siyosiy-ijtimoiy ifoda yuzaga keldi. Bular: temir daftar, ayollar daftari va yoshlar daftari.

Download 27.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling