Daftar” leksemasi komponentligida yuzaga kelgan yangi ijtimoiy-siyosiy birliklar xususida
Download 27.53 Kb.
|
Milliy Universitet xalqaro konferensiya uchun 18.12.22
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.Ismoiliy. Farg‘ona t.o.
- “Ayollar daftari”
“Temir daftar” birikmaviy ifodasi umumnutqda “qarzdorlik ro‘yxati” ma’nosi bilan birga ong ostida salbiylik omiliga ham ega bo‘lib, bunday daftarlar qarzdor shaxslar nomi bilan to‘ldiriladi: “…otasining dafn xarajatlari ham temir daftarda yoziqliq edi. M.Ismoiliy. Farg‘ona t.o.” [6,61]. Ushbu birikma komponenti bo‘lgan temir leksemasi sof turkiy so‘z bo‘lib, temur shaklida qo‘llangan [2,64]. Temir so‘zining kimyoviy element yoki shu elementdan yasalgan buyumlik ma’nosi emas, “qat’iylik” semasi ifodalangan. Bugungi ijtimoiy-siyosiy matnlar tarkibida “moddiy yordam hamda yordamga muhtoj oilalar ro‘yxati” ga nisbatan qo‘llanilib, bunday ro‘yxatdagi shaxslar qarzdorlik xususiyatiga ega emas. Bu kabi izohlarni kitob matnida ham uchratish mumkin: “Pandemiya sharoitida ehtiyojmand oilalarni moddiy va nomoddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Temir daftar” tizimi tashkil etildi” [1,440]. Ushbu birlik boshqa siyosiy ifodalarga nisbatan ijtimoiy faol bo‘lganligi sababli, bugun jamiyatning har qanday vakili uchun tushunarli bo‘lgan lisoniy birliklar sirasiga kirdi.
Jamiyatda vujudga kelayotgan yangi ifodalarning yaratuvchisi xalq bo‘lib, axloq normasi shaklida bo‘lgan ifodalar, vaqt o‘tib, qonun kuchiga ega bo‘lgach qonun normasiga aylangani kabi, “temir daftar” birikmasi ifodalovchi jarayon Yangi O‘zbekistonda qonuniy jihatdan nazoratga olindi. Biroq asl xalq qo‘llab kelgan semantik strukturada emas. Yangi ifoda uchun temir so‘zi “yozuvlari qonun kuchiga ega bo‘lgan, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy ko‘makka muhtoj shaxslar ro‘yxati” ni ifodalay boshladi. Daftar leksemasi atrofidagi semantik maydonning kengayishida u bilan birikuvchi komponent birliklarning o‘rni katta. Umumnutqda doimiy qo‘llanib kelinayotgan ifodalar sirasiga “Ayollar daftari” birikmasini ham kiritish mumkin. Ushbu birlik doirasida yangi semaning yuzaga kelishiga sabab, Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan siyosatlardan biri – O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasini qabul qilganligi. Ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2019-yil qabul qilingan yangi qarorlar “Ayollar daftari” birikmasi ostida yangi leksik neologizm shakllanishiga hamda jamiyat orasida faol qo‘llanishiga olib keldi. Ko‘makka muhtoj jamiyat vakillari sirasidan ayollarni alohida ajratib olib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yilgunga qadar, bu kabi birikmalardagi daftar so‘zi anglatgan ma’no aniq bir individ yoki individlarga qarashli predmetnigina anglatgan. Endilikda ijtimoiy-siyosiy hamda publitsistik uslubga doir matnlarda predmetga ega shaxslarni emas yuqoridagi kabi “ijtimoiy va iqtisodiy ko‘makka, himoyaga muhtoj bo‘lgan ayollar ro‘yxati” ni anglata boshladi. Xususan, Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston Strategiyasi” kitobida ham “ Download 27.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling