Daftardan toʻGʻri foydalanish annotatsiya


Download 20.83 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi20.83 Kb.
#1460242
Bog'liq
DAFTARDAN TOʻGʻRI FOYDALANISH^


DAFTARDAN TOʻGʻRI FOYDALANISH
Annotatsiya Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarini daftardan toʻgʻri foydalanish haqida soʻz olibboriladi. Husnixatga oʻrgatishdan asosiy maqsad kichik yoshdagi oʻquvchilarga yozishdek murakkab jarayonni oʻrgatish ularning chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish yozuv daftarlari bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish haqida fikr-mulohaza yuritilgan.
Kalit soʻzlar: Daftar, husnixat, harf, parta, toʻgʻri, notoʻgʻri, xat-savod. Annotation This article talks about the correct use of notebooks for elementary school students. .The main goal of teaching husnikhat is to teach the complex process of writing to young students, to develop their beautiful writing skills, and to form the skills of working with notebooks.
Key words: notebook, notebook, letter, desk, right, wrong, letter-literacy.
Daftardan toʻgʻri foydalanish uchun oʻquvchilarga daftardan foydalanish talablari bilan tanishtirib oʻtish lozim.
1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida husnixatning gigiyenik talablariga rioya qilishlari, harflarni grafik jihatdan toʻgʻri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda xat-savod oʻrgatish davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftarlaridagi materiallar asosida oʻrgatiladi.
2. Grafik me’yorlarga amal qilish. Bunda harflar elementining qiyaligiga, harflar boʻyining tengligiga, harflar va soʻzlar orasidagi oraliq masofalarning teng boʻlishiga e’tibor berilishi kerak.
3. Harflar qiyaligini toʻgʻri saqlash. Bolalarning yozuvlari har xil qiyalikda boʻlishi mumkin. Agar harflarning asosiy elementlari daftar chizigʻiga nisbatan tik holatda boʻlsa, yozuv holati ham tik boʻladi. Harf elementlari oʻng tomonga qiya boʻlib, oʻtmas burchak hosil qilishi ham mumkin. Biz oʻquvchilarni oʻng tomonga qiya qilib (65°) yozishga odatlantirishimiz lozim. Oʻng qoʻl bilan yozadigan kishilar uchun yozuvning qiyaligi oʻng tomonga moslashtirilishi faqat harflarning shaklini chiroyli qilish uchun emas, yozuvning qulayligi uchun ham mos keladi. Yozuvning qiyaligini toʻgʻri saqlash, qoʻl va barmoqlarni ortiqcha zoʻriqtirmaydi. Yozuvning oʻng tomonga qiyaligini saqlash tirsaklami bir tomonga erkin yuritish uchun qulay boʻlib, parta ustidagi daftarning turish holatiga bogʻliqdir. Yozayotganda daftarning holati bir tomonga qiya boʻlishi oʻz-oʻzidan yozuvning qiyaligini ta’minlaydi. Yozuvning qiyaligini saqlashda daftardagi siyrak qiya chiziqlar ham katta yordam beradi. Bunday mashq qilishda daftarning holati oʻzgarsa ham, yozuvning qiyaligi oʻzgarmasligi mumkin, shuning uchun qiya chiziqli daftarlardan faqat dastlabki paytlarda foydalaniladi. Qiya yozishga oʻrgatishning oʻziga xos usullari mavjud. Oʻquvchilarga dastlab eng sodda shakldagi kichik tayoqchalarning yozdirib mashq qildirish vaqtidayoq tik va qiya tayoqchalaming farqini oʻrgatish zarur. Вuning uchun oʻqituvchi doskada ikki xil shaklda (qiya va tik) tayoqchalar shaklini yonma-yon yozib koʻrsatadi, ulaming farqlarini tahlil qilib beradi. Bunday mashqlar xotirada uzoq vaqt saqlanib, xatolarning oldi olinadi. Shuningdek, yozuv qiyaligining toʻgʻri boʻlishi uchun daftarning qiya holatini ham hisobga olish lozim ekanligi tushuntiriladi va koʻrsatiladi. Daftarning parta ustida notoʻgʻri turishi gigiyenik qoidalarning buzilishiga ham sabab boʻladi, chunki oʻquvchi yozuvning qiyaligini saqlash uchun gavdasini daftarning notoʻgʻri holatga moslaydi.
4. Daftarni partada yozish talablari asosida tutish. Daftarning pastki chap burchagi koʻkrak oʻrtasida toʻgʻri boʻlishi yoki daftarning qiya chizigʻi (agar qiya chiziqli daftar boʻlsa) partaning chetiga tik boʻlishi kerak. Daftar beti satrlarga toʻlib borgan sari yuqoriga surilib boradi. Chap qoʻl bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Buning uchun sinf partasining ustiga ikki oʻquvchining har biri uchun alohida ingichka qiya chiziq tekshiruv chizigʻi sifatida chizib qoʻyiladi. Bu chiziqning pastki uchi oʻquvchilaming chap koʻkraklari oʻrtasiga toʻgʻri boʻlib, partaning old qirrasiga nisbatan 65° qiya boladi. Agar daftarning chap beti toʻlsa, daftaring buklanadigan joyi tekshiruv chiziqqa toʻgʻirlab olinadi va oʻng betiga yozishga oʻtiladi. Oʻquvchilarda harflarni qiya yozishga oʻrgatish malakasini oshirish ancha murakkab jarayon boʻlib, oʻqituvchidan chidam, sabr-toqat, kuch talab qiladi. Muntazam ravishda turli mashqlar olib borish, oʻquvchilar harakatini qunt bilan kuzatib borish natijasida koʻzlangan maqsadga erishiladi. Oʻqituvchi tomonidan berilgan koʻrsatmalarga qaramay, ayrim oʻquvchilar harflar qiyaligini toʻgʻri belgilay olmaydi, kamchiliklarga yoʻl qoʻyadi. Buning uchun kamchiliklarni tuzatish maqsadida grafik mashqlar berilishi kerak. Oʻquvchilarga dastavval daftar satriga bir nechta harf yozdirib, ular orasiga qiya chiziqlar qoʻyiladi va harflar shu chiziqlarga taqqoslash orqali xatolarni tushuntiriladi, tuzatishga kirishiladi.
5. Harflarni bir tekis bosimsiz yozish. Harflarni bir tekisda yozish ham chiroyli yozuv malakalarini shakllanishida asosiy oʻrin tutadi. Ruchkani barmoqlar orasida qattiq siqmasdan erkin va boʻsh ushlash harflarni tekis yozishga imkon yaratadi. Bosimsiz yozish harflarning umumiy koʻrinishi bir tekis va chiroyli bolishi, tez yozish malakasining shakllanishi va bog`lab yozishni toʻgʻri amalga oshirishda yengillik tugʻdiradi. Oʻqituvchi xattaxtada harflarni boʻr bilan yozib koʻrsatadi. Bunda oʻqituvchi ham boʻmi qattiq ushlamay, bosimsiz bir tekis yozishi lozim. Oʻquvchilarga bosim bilan yozilgan matnlarni koʻchirtirmaslik kerak. Bosimsiz, bir tekis yozishga darsning dastlabki kunlaridanoq odatlantirib borish kutilgan samara beradi, oʻquvchining qolini toliqtirmaydi. Biz yuqorida, asosan, daftar uchun qoʻyiladigan umumiy talablarni aytib oʻtdik. Endi undan har bir sinfda qanday toʻgʻri foydalanish haqida toʻxtalamiz. Oʻquvchilarning daftarlariga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri ularning tashqi koʻrinishi bir hilda boʻlishiga erishishdir. Daftarning muqofasiga husnixat qoidalariga amal qilgan holda yozish shart. Ayrim boshlangʻich sinf oʻquvchilari daftarning muqovasiga qoʻshimcha turli qogʻozlarni oʻrnatadilar, aksincha, uning oʻrniga muqovani toza tutishga oʻrgatish lozim. Birinchi sinf oʻquvchilarining «Yozuv daftar»lari sinfda saqlanishi lozim, uni uyga berib yuborish man etiladi. Oʻquvchilarning daftarlari oʻqituvchi tomonidan muntazam ravishda tekshirilib borilishi kerak. Daftarni toza tutgan va chiroyli yozgan oʻquvchilarni ragʻbatlantirib borish, ularning daftarlari ustiga alohida ajralib turishi uchun «yulduzcha» yoki «bayroqcha»lar qoʻyib berish mumkin. Qaysi oʻquvchining daftarida yulduzcha yoki bayroqda boʻlsa oʻsha oʻquvchining daftari namunali hisoblanadi. Ragʻbatlantirishning bunday turidan 1 va 3 sinflarda ham foydalanish mumkin. Boshlangʻich sinflarda harflarni 65 gradus qiyalikda yozish asosiy roʻl oʻynaydi. Oʻquvchilarga harflarning qiyaligini toʻgʻri saqlashga oʻrgatishdan oldin daftarni parta ustiga toʻgʻri qoʻyishni oʻrgatish lozim. Daftarning parta ustida notoʻgʻri turishi gigiyena qodilarining buzilishiga sabab boʻladi, chunki yozuvning qiyaligi daftarning holatiga qarab belgilanadi. Agar daftar koʻrsatilgan qiyalikda tursa, yozuv toʻgʻri yoziladi. Agar, daftarning holati oʻzgarsa, yozuvning ham qiyaligi oʻzgaradi. Daftar yozuv bilan toʻlib borgan sari daftar yuqoriga surib boriladi. Chap qoʻl bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Yozuv darslarida daftarning parta ustiga qoʻyish holatini toʻgʻri tashkil etish birinchi galdagi vazifadir. Buning uchun sinf parsatining ustiga ikki oʻquvchining har biri ingichka qiya kontrol chiziq chiziladi. Bu chiziqning pastki uchi oʻquvchilarning chap koʻkraklari oʻrtasiga toʻgʻri boʻlib, parta qopqogʻiga nisbatan 65 gradus qiya qilib chiziladi. Natijada hamma oʻquvchilarning oldida (partada) kontrol chiziqlar boʻladi. Endi oʻqituvchi oʻquvchilarning davtar chetini yoki oʻrtasini shu kontrol oʻquvchilarning daftar chetini yoki oʻrtasini shu kontrol chizigʻida tekis qilib qoʻyishlariga erisha olsa bas. Chiziqlar toʻlib borgan sari daftarni shu chiziq boʻylab yuqoriga koʻtarib borish lozim. Agar daftarning chap beti toʻlsa, daftarning buklanadigan yeri kontrol chiziqda toʻgʻirlab olinadi va oʻng betiga yozishga oʻtiladi. Bu usuldan koʻproq bir chiziqli daftarga yozishda keng foydalanish mumkin. Undan tashqari, bunday kontrol chiziqlar daftarni buklashdan saqlaydi. Chunki ba’zi oʻquvchilar oʻziga qulaylik tugʻdirish maqsadida daftarni buklab yozadilar. Albatta, daftar hoshiyasiga ham e’tibor berish lozim, chunki daftarning chetida qoldirilgan joy yozuvning tekis chiqishiga, soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratishga ayrim notoʻgʻri yozilgan harf va uning elementlarini toʻgʻri yozib koʻrsatishga imkon beradi. Oʻquvchilarning ishlarini baxolashga alohida e’tibor berish, ularni qilgan xatolariga iqror qilish hamda tegishli koʻrsatmalar berib borish lozim. Oʻquvchilarning baxosi bajarilgan ishning tagiga qoʻyilishi lozim. Ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi sinf oʻquvchilarining daftarlariga «koʻrildi», «xato» kabi noaniq soʻzlarni yozmay, «chiziqdan yoz», «xarflar orasidagi masofani toʻgʻri saqla», «harflarni bogʻlab yoz» kabi aniq koʻrsatmalar berilishi kerak oʻquvchilarning xatolarini aniq koʻrsatmay turib, ularning baxolarini pasaytirish mumkin emas.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki oʻquvchilarning husnixatiga boʻlgan qiziqishlarini oʻstirish maqsadida maktab boʻyicha eng yaxshi tuilgan daftarlarni yigʻib koʻrgazma tashkil etish daftarni toza tutishning muhim omillaridan biridir. Koʻrgazmada faol qatnashgan oʻquvchilarni ragʻbatlantirib, boshqa oʻquvchilarga namuna qilib koʻrsatish lozim.
Adabiyotlar roʻyxati:

  1. Qosimova K., Matjonov S., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009..

  2. Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o`qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009.

Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling