Dagʻal ozuqalar
Download 1.7 Mb.
|
Ozodbek chorva
RSS-6B Somonqirg‘ichi
Ish jarayoni. Noozuqa aralashmalardan tozalangan mahsulot gorizontal uzatish transportyori (2)ga tashlanadi. Mahsulot uzatish transportyorida siljishi mobaynida, zichlash transportyori (3) yordamida tekislanib zichlanadi. Keyin ta’minlagich-zichla-gich valetslar (4) yanada tekislanib-zichlanib, qirquvchi juftlik pichoq (7) va qarshi qirqish plastinasi (8) ga uzatiladi. Qirqilgan mahsulot diskka o‘rnatilgan uchta kurakcha yordamida deflektor orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Qirqish uzunligi diskka (2, 3) va 6 ta pichoq o‘rnatish hamda uzatish transportyori tezligini o‘zgartirish bilan sozlanadi. Buning uchun almashtiriluvchi yulduzchalar o‘zgartiriladi. Sifatli qirqilgan materialga erishish uchun pichoq tig‘i bilan qarshi qirqish plastinasi orasidagi tirqish sozlanadi. Tirqish diskda o‘rnatilgan sozlash boltlari va qistirmani o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Silos o‘simliklari uchun 0,5 mm, dag‘al ozuqalar uchun 1 mm tirqish o‘rnatiladi. Transportyor tasmasining ostki qismi 70 mm dan ko‘p osilib turmasligi lozim. Zichlash darajasi qobirg‘ali valetslar prujinasi tarangligini o‘zgartirish bilan sozlanadi. Elektryuritgichni siljitish bilan tasmali uzatmalar tarangligi sozlanadi. O‘tkirlash moslamasi tasma bilan harakatga keltiriluvchi dumaloq qayroq tosh, yo‘naltiruvchi kareta va supportdan iborat. Pichoqni o‘tkirlash uchun diskdan yechilib karetaga qotiriladi. O‘tkirlash karetani siljitish bilan amalga oshiriladi. Pichoqning dumaloq qayroq toshga nisbatan holati support yordamida ta’minlanadi. O‘tkirlangan pichoqlar diskka, qayroq tosh tasmasi esa yechilib ramaga o‘rnatiladi. Somonsilosqirg‘ich somonni maydalashda – 2,5 t/s, yashil massada-7 t/s ish unumiga ega. Maydalagich ish jarayoni davomida, ozuqaga begona pred-metlarning tushmasligini ta’minlash zarur. Ish oldidan mashinaning barcha birikmalari mustahkamligi tekshiriladi, zarur holatlarda sozlanadi. «Volgar-5» (10.3-rasm) rama, uzatuvchi (8) va zichlovchi transportyor (3), birlamchi qirqish apparati (2), ikkilamchi qirqish apparati (10), shnek (1), tortqi yulduzchalari (5, 6, 7), avtomat o‘chirg‘ich (11) va elektryuritgichdan tuzilgan. Elektryuritgich (22) kVt quvvatga ega. Texnologik ish jarayoni. Material ozuqa qabul qiluvchi moslama orqali yoki qo‘lda uzatib beruvchi transportyor (8) ga bir tekisda yetkazib beriladi. Material transportyorda harakat davomida zichlagich transportyor (3) yordamida yanada tekislanib zichlanadi va birlamchi qirqish apparatiga uzatiladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling