Dagʻal ozuqalar


IRM-50 maydalagich shakli


Download 1.7 Mb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi1.7 Mb.
#213112
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ozodbek chorva

IRM-50 maydalagich shakli

IRM-50 maydalagichi yuqori va o‘rta namlikdagi makka-jo‘xori so‘talarini maydalash, cho‘chqalar uchun aralash (kom-binatsiyalashgan) silos, qoramol, qo‘ylar uchun dag‘al va suvli-shirali ozuqalardan ozuqa aralashmasi tayyorlash uchun xizmat qiladi. Maydalagich rama (1), maydalash barabani, qarshi qir-tish elementi (10) bilan ta’minlangan deka (9), deflektor va yuklash latogidan iborat (10.4-rasm).

Maydalagich harakatni elektryuritgich yoki traktorningquvvat berish validan oladi. Bolg‘ali maydalash apparati qurama ishchi organlari bilan yuklash tarnovi orqali uzatilgan ozuqani qamrab olib dekaning taram-taram yuzasi va pichoqlari orasida titkilab maydalaydi. Maydalangan material yuqoriga, mahsulot quvuriga yoki pastga, silos quvuriga uzatiladi. Maydalagich roto­rida pichoqlar bolg‘a, qarshi qirqish elementlari kesik piramida yasalib, dekaga sharnir holatida biriktirilib qo‘yilgan. Pichoq va qarshi qirqish elementlari yon qismida ariqchalar yasalgan bo‘lib, qo‘shimcha qirqish elementlari hisoblanadi. Bu mayda­lash energiyasi sarfini pasaytirishga, texnologik jarayon mustah­kamligini oshirishga imkon beradi. Maydalagich almashtiril­adigan deflektor bilan ta’minlanib ular maydalangan massani transheyaga yoki transport vositasiga yo‘naltirishga imkon beradi.

Yashil ozuqalarni qirqib maydalash mashinalari tirkama va o‘zi yurar holda bo‘ladi. Yashil ozuqalar natural holda oziqlan­tirish, silos va senaj, o‘t uni tayyorlashda maydalanadi.

Bu mashinalarning konstruktiv-texnologik chizmalari bir-biriga mos keladi. Maydalash ishchi organi silindrik shaklda yasalgan 2 tadan 8 ta yoki ayrim hollarda 12 tagacha almashtiriladigan pichoq o‘rnatilgan barabandan iborat. Pichoqlar sonini qirqish uzunligiga mos ravishda almashtirib turiladi. Mashinaning tinimsiz ishlashi uchun ikkita shart bajarilishi lozim:

1. Uzluksiz va o‘z vaqtida qirqish apparati pichoqlarini charxlab turish. 30 mm uzunlikkacha maydalashga erishish. 75 foiz holatda pichoq tig‘ining qalinligi q<0,25 mm bo‘lganda, ya’ni o‘tkirlashdan so‘ng 500-600 t yashil massaga ishlov berib qayta charxlash zarur.



2. Pichoq tig‘i va qayta qirqish barabani orasida 0,5-1,2 mm tirqishni doimiy ravishda saqlab turish




Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling