Dagi fiskal instituti


Xususiy notariuslar uchun majburiy sug‘urta summasi


Download 156.5 Kb.
bet3/4
Sana26.10.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1723127
1   2   3   4
Bog'liq
Irgashev Ilxom Choriyevich

Xususiy notariuslar uchun majburiy sug‘urta summasi:

  • Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlarning maʼmuriy markazlarida – BHMning kamida 1000 baravaridan (223 mln so‘m);

  • boshqa aholi punktlarida – BHMning kamida 500 baravaridan (111 mln 500 ming so‘m) kam bo‘lishi mumkin emas.

Majburiy sug‘urta shartnomasida sug‘urta qildiruvchi notarial harakatlarni amalga oshirganda naf oluvchiga yetkazilgan zarar tufayli kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirish nazarda tutiladi, maʼnaviy zarar, boy berilgan foyda va jarima to‘lovlari bundan mustasno.
Hujjatda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchini ixtiyoriy tanlashi mumkinligi hamda majburiy sug‘urta shartnomasi 1 yil muddatga tuzilishi qayd etilgan.
Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotining hajmi tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi, biroq shartnomada belgilangan sug‘urta summasining 1 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Shu bilan birga 2020-yil 11-aprel kuni “Xususiy notarial faoliyatni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, hududiy adliya organlariga biriktirilgan hamda davlat notariuslari foydalanuvida bo‘lgan bino va inshootlarni xususiy notariuslarga ijaraga berish, shuningdek idora inventarlarini sotish hududiy adliya organlari hamda xususiy notariuslar o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat notariuslari bino va inshootlarni ijaraga olishda xususiy notariuslarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi.
Bunda, davlat notariusi bino va inshootlarni ijaraga olishni yozma ravishda rad etsa yoki 2 oy davomida ustunlik huquqidan foydalanmasa ushbu bino va inshootlar xususiy notariuslarga ijaraga beriladi.
Davlat idorasi inventarlari ularni sotib olish istagini bildirgan xususiy notariuslarga balans qiymatida sotiladi.
Bino va inshootlar xususiy notariuslar tomonidan ijaraga olinmagan hollarda ularda davlat notariuslari joylashtirilishi, hududiy adliya organlari tomonidan foydalanilishi yoki ijaraga berilishi mumkin.

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling