Dagi fiskal instituti


Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslarga soliq solish


Download 156.5 Kb.
bet2/4
Sana26.10.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1723127
1   2   3   4
Bog'liq
Irgashev Ilxom Choriyevich

Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslarga soliq solish
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar ushbu bobda nazarda tutilgan oʼziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliqlarni toʼlovchilar hisoblanadi.
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar mehnatga haq toʼlash tarzida olinadigan daromadlar boʼyicha belgilangan stavkalar boʼyicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi toʼlaydi.
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga haq toʼlash boʼyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda toʼlash majburiyati yuklatiladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar koʼrsatish boʼyicha qoʼshilgan qiymat soligʼini toʼlashdan ozod etiladi.
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslarning foydasiga soliq solish
Xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar foyda soligʼini Soliq kodeksida belgilangan stavka boʼyicha toʼlaydi. Bunda foyda soligʼini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va toʼlash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Foyda soligʼini hisoblab chiqarishda xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi Soliq kodeksining 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari notariuslarning daromadlari deb eʼtirof etiladi.
Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bogʼliq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan xarajatlar Soliq kodeksining 317-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Foyda soligʼi toʼlanganidan keyin xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi.
2019-yilgi Davlat dasturining 48-bandida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2020-yil 16-mart kuni “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda xususiy notarius faoliyatini litsenziyalash, ularni hisobga qo‘yish va hisobdan chiqarish Qoraqalpog‘iston Adliya vazirligi, hududiy adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Xususiy notarius yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritadi, bankda hisobvaraq ochadi, xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzadi, ish faoliyatini tashkil etish uchun mutaxassislar va yuridik shaxslar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzish huquqiga ega.
Xususiy notarius o‘z faoliyatini boshlashdan oldin fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qildirishi shart.
Notariusning nomida “xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius” so‘zlari bo‘lishi, tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi lozim.
Xususiy notariusning muhri Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona namunaga muvofiq tayyorlanadi.
Xususiy notarius stajyor, yordamchi, kotib, notarial faoliyatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa xodimlarga (tarjimon, kuryer va b.) ega bo‘lishi mumkin.
Xususiy notarius o‘zining ish va dam olish vaqtini mustaqil belgilaydi.
Notarial harakatlar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Xususiy notarius tomonidan undiriladigan tushumlar davlat byudjetiga soliqlar va boshqa to‘lovlar to‘langandan so‘ng notariusning tasarrufiga o‘tadi.
Bundan tashqari, 2020-yil 4-aprel kungi Hukumat qarori bilan Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari tasdiqlandi.
Mazkur qoidalarga muvofiq, notarius notarial faoliyatni amalga oshirishda majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishi shart, shartnoma tuzmasdan turib o‘zining majburiyatlarini va notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling