Dailiy news
Download 77.36 Kb.
|
Psixologiya о‘quv fani sifatida о‘qitish shakli va usullarining о‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Psixologiya о‘quv fani sifatida maqsadi, hajmi, tuzilishi, usullari va ifoda etilishi bо‘yicha farqlar mavjud. Psixologiya fanining maqsadi – fan tomonidan qо‘lga kiritilgan ma’lumotlar va qonuniyatlar haqida о‘quvchilarga, talabalarga axborotlarni yetkazishdan iborat. О‘quv darsini olib borishga vakt cheklangan bо‘lib bunda о‘quvchilar ortiqcha ma’lumotlar bilan band etmay mustahkam ilmiy asosdagi bilimlar va muammolar bilan tanishtiriladi. О‘quv fanida bilimlar tuzilishi va ularni bayon etilishi shakllari boshqacha, bulib,bu haqda K.D.Ushinskiy quyidagi fikrni ilgari suradi: «Fanni ilmiy va pedagogik bayon etish – bu ikkita turli narsalardir va butun dunyo pedagoglari ilmiy tizimlarni pedagogika fanini qayta ishlash ustida faoliyat olib bormoqdalar».Shunday qilib, о‘quv fani maktab, kollej, institut, umumiy ta’lim muassasalari va о‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos qonuniyatlari bilan belgilanadigan, mutaxasislik doirasidagi tizimdagi kerakli fanlardan tanlab olingan bilimlarni uzida birlashtiradi.Shunday qilib, о‘quv fani maktab, kollej, institut, umumiy ta’lim muassasalari va о‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos qonuniyatlari bilan belgilanadigan, mutaxasislik doirasidagi tizimdagi kerakli fanlardan tanlab olingan bilimlarni uzida birlashtiradi.Metodikaning fan sifatida rivojlanishi о‘qituvchining shaxsiy tajribasi asosidagi metodik fikrlari, pedagogik mahoratdan ilmiy umumlashtirish, tadqiqotlarda asoslangan subyektiv ijodiyotdan obyektiv ilmiy nazariyaga о‘tib borishda davom etdi.Umuman olganda, har bir о‘qituvchi guruhlar va sinflarda hamda yillar davomida metodik usullar samaradorligini tekshirib о‘zi dars о‘tish jarayonini о‘rganib boradi. Eng muhim metodik yangiliklarni oldingilarga bog‘lagan holda eng qulay usullarini ishlab chiqib, uni amalga oshirishdan iboratdir.Psixologiyani о‘qitish jarayonida ishlab chiqilgan qonuniyatlar asosida metodika fan sifatida belgilandi. Metodika о‘zining о‘rganish obyektiga ega bulib u psixologiyaning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi о‘qitishning barcha masalalarini qamrab oladi. Uning boshqa о‘quv fanlari metodikalaridan farq qiluvchi jihati psixologiyani о‘rganish xususiyatlari, sabablari о‘ziga xosliklari mavjud, bо‘lib shunga bog‘lik ravishda о‘qitish usullari qо‘llaniladi. Fan о‘zining kashf etgan qonuniyatlari asosida hodisalarning bog‘liqlik sabablarini tushuntirib beradi va shu bilan bu hodisani ma’lum sharoitlarda deyarli takrorlash imkonini beradi. Metodikada bunday qonuniyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:Download 77.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling