Dak raisi “Arxitekturaviy loyihalash”


Bakalavr diplom loyihasiga


Download 200.71 Kb.
bet2/10
Sana25.01.2023
Hajmi200.71 Kb.
#1119182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Saloxiddinova F

Bakalavr diplom loyihasiga
«ARXITEKTURA» BO`LIMI


Mavzu: Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tibbiyot markazi binosi taklif loyihasi


Diplomant: F.Saloxiddinova __________
(F.I.Sh., imzo)
Bo`lim bo`yicha
konsultant:__ O.O‘rinboyev._________
(F.I.Sh., imzo)
Mutaxassislik bo`yicha
konsultant:___ E.Kuldashev._ _________
(F.I.Sh., imzo)


Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tibbiyot markazi binosi taklif loyihasi
`TIBBIYOT MARKAZITASNIFI
Umuiniy tushuncha sifatida aytish joizki. Tibbiyot muassasalari maqsadli belgilanishiga ko`ra turli-tuman va keng nomenklatura tiplari bilan namoyon boiadi. Shifoxonalarda, tug`ruqxonalarda, poliklinikalar, dispanserlar va profilaktoriyalarda kasalliklarga tashxis qo`yish va davolash, shuningdek, bemorlami davolashdan oldingi holda so`nggi nazorat ishlari amalga oshiriladi. Bemorlarni turli shakldagi davolash ishlari bu muassasalaming asosiy funksiyalarini tashqil etadi. Dorixonalar, tez yordam ko`rsatish stansiyalari, sanitariyaepidemiologik stansiyalar va laboratoriyalar binolari kabilar shu guruhdagi muassasalar tibbiy xodimlarning maxsus faoliyatlari uchun tashqil etiladi.
Tibbiy ilmiy-tadqiqot akademiyasida va institutlarda rivojlangan laboratoriya majmualari bilan bir qatorda bemorlami gospitaliyazatsiyalash bo`imlari ham bo`ishi kerak. Asosiy tibbiyot muassasalarining tiplari to`g`risidagi ko`rsatkichlar ShNK «Davolash-profilaktika muassasalari» bobida mujassamlashgan. Shifoxonalar va poliklinikalar davolash-profilaktik muassasalar tizimida muhim o`rin egallaydi.
Shifoxonalarni loyihalashdagi asosiy masalalarga: shifoxonaning umumiy kompozitsion sxemasini yaratish eng ijobiy (optimal) hajmiy-fazoviy
yechimini tanlash va texnik talablarni bajarish kiradi. Shifoxonaning kompozitsion asosini aniqlovchi omillarga umumiy shahar qurilishi tasavvurlari, shifoxona maydonining bosh tarxi, strukturasi (bo`linmalar tizimi), shifoxona sig`imi, eng samarali qavatliligini aniqlash, bo`linmalarning o`zaro texnologik bog`lanishlari, sanitariya-gigiyenik talablaming xarakteri va darajasi kiradi. Bu omillarni loyihalash jarayonidagi umumlashuvida badiiy va estetik ehtiyojlar sodda va har tomonlama shifoxona binolari arxitekturasini yaratishga yo`nalgan umumiy talablardan kelib chiqishi zarur. Shifoxonaning bosh tarxi кофи81аг o ` rnatilgan xududni zonalashtirilishini, o`tish va kirish joylarining tashqil etilishini, shuningdek, atrofmuxitni obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish darajasini nazarda tutishi kerak. Asosiy masala bemor uchun mumkin qadar qulay sharoitlarni yaratib berishdir. Shu maqsadda maydon shifoxona xiyoboni (bog`i), o`tish joylari (bemorlarni ko`rgani keluvchilar, bemorlarni qabul qilish va boshqalar), asosiy, ikkinchi darajali, xizmatchi bino va inshootlarga ajratiladi.
Shifoxonalami shahar, tumanlarda loyihalashda maydondagi boshqa qurilmalar foizini mumkin qadar kamaytirish va shu y o`l bilan shahar sharoitida qadrlanuvchi shifoxona xiyoboni maydonini kengaytirish kerak. Bunday sharoitlar umumiy shahar qurilishi talablari muhim ro`l o`ynaydi. Shifoxonaga tegishli bog` maydonlari (uchastkalari)ning o`lchamlarini shahar, qishloq va aholi yashash punktlarining rejasi va qurilish talablariga (me yorlariga) ko`ra, shuningdek, shifoxona sig`imiga bog` liq ravishda, yani bir о`ringa 80 dan 350 m2 gacha bo`lgan oraliqda aniqlanadi.
Qabul bo`limida bemorlarni ko`rib chiqib, kasallikni aniqlab, bemorni
tegishli palata bo` limiga yo` naltirish faoliyati amalga oshiriladi. Qabul bo`iimi qoshida travmatologik punkt va tashxis qo`yilmagan bemorlar uchun katta bo`lmagan palatalar guruhi tashqil etilishi kerak. Qabul bo`limi odatda birinchi qavatda (sokol qavatida yoki pandus moslamasi bilan ikkinchi qavatda joylashtirilishi mumkin) joylashtiriladi. Vestibyul oldida tez yordam mashinalari uchun yopiq tambur qurilmasi bo`lishi maqsadga muvofiq. Bo`im yoki statsionar shifoxonaning asosiy elementlaridan biridir. Palata bo`limi sig`imi odatda 60 o`rindan iboratbo`lib, uni 90—120 o`ringacha ko`paytirish yoki 30—45 o`ringacha kamaytirish mumkin. Bo` lim har biri 30 o `rinli palata seksiyalaridan iborat boiib (har bir palatada 1—4 o`ringacha), navbatchi hamshira uchun joy,
protsedura, sanitar xonalari va boshqalardan tashqil topadi.
Palata seksiyasining rejasi bemorlarga xizmat ko`rsatish va davolash,
qo`riqlash rejimiga rioya qilishni ta`minlashga qulay bo`lishi zarur hamda
bir yoki ikki koridorda to`g` ri burchakli, kvadrat, uchburchakli, doira va
boshqa shakllarda hal etilishi mumkin. Palata seksiyalarini ikkinchi qavatdan boshlab joylashtirish maqsadga muvofiq.
Operatsiya bloki shifoxonaning boshqa bloklaridan to`liq ajratilgan bo`lib, ayni vaqtda palata bo`limlari va markaziy sterilizatsiyalash bo`limi bilan qulay bog`langan bo `lishi zarur. Shovqindan va changdan operatsion blokini himoyalash maqsadida u yuqori qavatlarda joylashtiriladi. Hozirgi davrda operatsion blok uch sterillik guruhlariga (zonalarga) boiinadi.
Birinchi zona — operatsion zallar;
ikkinchisi — operatsiyadan avalgi va narkozlash,
uchinchisi — apparat, shifokorlar xonalari, yordamchi xonalardan iborat.
Bemor operatsion blokiga shlyuz orqali, tibbiy xodimlar esa sanitariya o`tish joyi orqali kiradilar. Yirik shifoxonalarda operatsion blok yirik o`lchamlarga ega bo`lib (24x100 m atrofida), rejaning shakllanishida muhim element hisoblanadi. Operatsion palatalar (bloklar) boshqa bo`limlarga nisbatan yuqoriroq
balandlikda (3,6 m) loyihalanadi. Shifoxonalami qurish amaliyotida operatsion bloklami ham sun`iy, ham tibbiy yorug`lik bilan yoritish qo`llanadi.
Rententologik bo `litn bir yoki bir nechta xonalardan tashqil etilib, statsionar yoki poliklinikadagi bemorlar xastaliklarini tekshirish va davolash uchun qo`llaniladi. Xonalar soni statsionardagi 150 o`ringa 1 xona hisobida qabul qilinadi. Rengentologik bo`limni davolash-tashxislash blokining biror qavatida joylashtirish maqsadga muvofiq.
Salomatlikni tiklash, davolash yoki fizioterapevtik bo`lim turli davolash
usullari (suv bilan, elektr bilan, shifobaxsh badantarbiya va boshqalar) o`tkaziladigan xonalardan iborat bo`lib, shifoxona bo’limlari orasida maydon jihatidan eng yirik bo`limlardan biri, hisoblandai. Xonalar tarkibi va maydoni statsionardagi o`rin uchun 0,6 protsedura va poliklinikaga 1 tashrif uchun 0,4 protsedura hisobidan, protseduralarni davolash turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlash asosida aniqlanadi (foiz hisobida): elektr bilan davolash — 40—35%; yorug` lik bilan davolash — 20— 25%; issiqlik bilan davolash — 10— 12,%; suv bilan davolash — 16— 18%; balchiq bilan davolash — 10 %. Klinik (tekshirish) laboratoriya tadqiqotlarini amalga oshirish xonalari va ko`makchi xonalardan tashqil topadi. Asosiy ishlab chiqarish xonalariga gematologik, biologik, umumiy klinik va biokimyo laboratoriyalar kiradi. Ularning har biri preparat, stirillash ishlari uchun boks, yuvish, tortish va material xonalaridan tashqil topadi. Baktereologik laboratoriya boshqa laboratoriya xonalaridan ajaratilgan bo`lib, alohida kirish joyiga ega bo`lishi zarur.
Markaziy sterilizatsiyalash bo`limi shifoxonani sterillangan asboblar, operatsion bikel, bog`lash materiallari bilan ta`minlab turadi. Bo`lim ikki — «toza» va «steril» zonadan iborat. Dorixona ishlab chiqarish va qo`shimcha ko`makchi xonalardan tashqil etiladi. Ishlab chiqarish xonalarida assistentlar tomonidan, materiallar asosida distillangan suv tayyorlash ishlari bajariladi, dorilar tayyorlanadi.
Qo`shimcha ko`makchi xonalarga: paketlardan olish (ajratish), xodimlar xonasi, omborxonalar kiradi. Dorixonani birinchi qavatda loyixalash qulaydir.
Patologoanatomik bo`lim (morg) laboratoriya, seksion ishlar va qo`shimcha xonalari bo`lgan motam (ta`ziya) zalidan tashqil etiladi.
Xizmat xonalari va maishiy xonalar shifoxonada bir nechta xonalar guruhidan tashqil etiladi. Vestibyul guruhi shifoxonadagi o`rinlarning 70% iga nisbatan tashrif buyuruvchilar soni orqali hisoblanadi. Vestibyullardan tashqari bularga: ma`lumot berish xonasi, bemorlar va davolovchi, shifokorlar bilan suhbatlashuvchi hamda bemorlarga olib kelingan maxsulotlarni taqdim etuvchilar uchun xonalar kiradi.
Xizmat xonalari guruhiga: shifoxona rahbariyatining kabinetlari, devonxona, buxgalteriya, tibbiy arxiv, statistika kabineti, shifokorlar va bemorlar
uchun kutubxona, mashg`ulotlar o`tkazish xonalari, xodimlar uchun oshxona kiradi. Konferens-zal umumiy xodimlar sonining 50% iga teng o`rinli bo’lib, universal tarzda loyihalanadi.
Shifoxona kompozitsiyasida vestibyul guruhini va yirik konferensiya-zalni aniqlash katta ro’l o`ynashi mumkin.
Maishiy xonalarga: choyshab va yostiq jildlarini saqlash xonasi, sartaroshxona, sanitar punkti, xodimlar uchun garderoblar, tibbiy jihozlarni
ta`mirlash ustaxonasi kiradi.
Maishiy-xizmat xonalaming joylashishi davolash jarayoniga xalaqit
bermasligi kerak. Ma` muriy xonalar zonasidan tranzitga (o`tishga) ruxsat
etilib, bu shifoxona ichidagi harakat grafigi yechimini yengillashtiradi.
Ovqatlanish bloklari alohida korpuslarda joylashtirilib, ular palata bloki bo`lgan o`tish joylarida yoki asosiy korpus yonida loyihalanadi. Ovqat tayyorlashning ikki sistemasi: markazlashtirilgan va nomarkazlashtirilgan sistemasi mavjud.
Kir yuvish xonalari iste`molchilar kontingentiga (yuqumli kasalliklar
bo`Iimi, 1 yoshgacha bo`lgan bolalar bo`limi, akusher bo`limlari) ko`ra,
tozalash jarayonining turlarini inobatga olgan holda loyihalanadi.
Shifoxona derazalarining oriyentatsiyasi ixtiyoriy qabul qilinadi. Ammo
cheklanishlar mavjud jumladan, bolalar palatalari (3 yoshgacha bo`lgan
bolalar uchun) bolalar o`yin xonalari, shuningdek, intensiv (doimiy) terapiya xonalarini g`arbiy tomonga oriyentirlashga ruxsat etilmaydi.
Ushbu loyiha yerto`la bian birgalikda 4-qavatdan iborat bo`lib xar bir qavatda o`ziga yarasha funksional yechimlar mavjud.
Fasad qismi esa umuiy kirish qismida viteraj oynalardan tashqil topgan, ranglari hudud iqlimidan kelib chiqqan xolda loyihalangan.
Tanlangan mavzuimni bajarish uchun menga tabiiy (oliy matematika, qurilish mehanikasi, arxitekturaviy fizika, nazariy mehanika, muhandislik geodeziyasi), umum kasbiy (chizma geometriya va kompyuter loyiha, qalamtasvir va rangtasvir, tuman rejalashtirish,shaharsozlik asoslari, muhandislik obodonlashtirish va transport, landshaft arhitekturasi) fanlardan yetarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlik talab etildi.



Download 200.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling