Dala ekinlarida biometrik o‘lchovlar olib borish
Download 39.4 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-amal-2
DALA EKINLARIDA BIOMETRIK O‘LCHOVLAR OLIB BORISH O‘simliklarning qalinligi birinchi marta maysalar to‘la paydo bo‘lgan davrda ya’ni to‘planishdan oldin aniqlanadi. Ana shunda maysalarning nechog‘lik to‘la unib chiqqanligini, ya’ni ekishga yaroqli urug‘larga nisbatan olganda unib chiqqan maysalar foizini aniqlashga imkon beradi. Maysalarning behato unib chiqishi, o‘z navbatida - erni ekishga yaxshi tayyorlanganligi, ekish muddati, me’yori va bashqalarga amal qilinganini belgilaydi. YOppasiga ekiladigan g‘alla ekinlarining hosil bo‘lgan maysalarining to‘laligini aniqlash. Hisoblash maydonchasidagi maysalar soni sanalib, barcha maydonlarga nisbatan o‘rtacha miqdori sanaladi. Maysalarning to‘laligini hisoblash uchun shunday misol olib kuramiz: gektariga 120 kg me’yori bilan bug‘doy ekilgan, 1000 ta donasining vazni esa 30 g. SHunday qilib 1 m.kv. ga dalaga 12 g. yoki 400 dona ypyg‘ ekilgan. Mana shu urug‘ning unuvchanligi 95% bo‘lsa, bunda 1 m.kv. erga 380 ta unuvchan ypyg‘ ekilgan bo‘ladi. Sanab chiqilganda 0,25 m.kv. maydonda 86ta, 1m. kv. maydonda esa 344 ta borligi aniqlandi. Bunda maysalarning ekilgan unuvchan urug‘ soniga nisbatan to‘laligi (foiz hisobida) 344x100:380=90,5%, o‘simlik qalinligi esa gektarida 3440000 tup bo‘ladi. O‘simlik qalinligini keyin ham hisobga olib borish uchun ajratilgan hisoblash maydonchalari qoziq qoqib belgilab beriladi. Mana shu maydonchalardagi o‘simliklar vaqt-vaqti bilan sanalib to‘riladi. Bu o‘simliklarning o‘suv davrida nay siyraklashib borayotganligini aniqlashga imkon beradi. O‘simliklarning qalinligini so‘nggi marta o‘rim - yig‘im oldidan hisoblab chiqish kerak. SHunda (shologik hosilni aniqlab bo‘ladi. Keng qatorlab ekiladigan o‘simliklarning (makkajo‘hori, jo‘hori) maysalari-ning to‘la chiqqanligi yoki o‘simliklarning qalinligi quyidagicha aniqlanadi. Dalaning turli joyidan har bir 10 m.dan 10 qator ajratiladi, har bir qatordagi o‘simliklar soni sanalib chiqiladi, keyin orqa qatordagi o‘simliklar soni jamlanadi. Qator oraliqlarining enini bilgan holda un metrli bir qator, keyin esa barcha 10 qator qancha maydonning egallashi aniqlanadi. Ana shu maydonda hisoblab chiqilgan barcha o‘simliklar soniga asoslanib, gektardagi o‘simliklar soni aniqlanadi. Masalan, qator orasi 90 sm qilib ekilgan, o‘simlik orasi 10 sm. Har uyaga 1 tadan urug‘ ekilgan bo‘lsa, 10 m uzunliklagi qatorda nazariy jihatdan 100 ta o‘simlik bo‘lishi kerak. Amalda o‘simliklar sanalib 10 qatordan o‘rtacha chiqazilganda 80 tup ko‘chat bo‘ldi. 80 tupni 10 metra bo‘linganda 1m da 8 ta ko‘chat. Uni 10000 ga ko‘paytirilganda 1 ga yerda 80 ming ko‘chat borligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlarni quyidagi jadvalga yozib boriladi. Download 39.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling