Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni
Download 210.14 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq24 24.08.2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliy sud raisi K. KAMILOV Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Oldingi
tahrirga qarang. JPK 90 — 93-moddalarida nazarda tutilgan boshqa, jumladan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tarzidagi, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti, shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish tarzidagi protsessual harakatlar videoyozuv vositalaridan foydalangan holda qayd etilishi shartligi to‘g‘risidagi talablar bajarilmaganligi; (9-bandning “k” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) l) daxlsizlik huquqi buzilgan holda ushlab turilgan, uy qamog‘i yoki qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsdan iqrorlik ko‘rsatuvi olingan bo‘lsa; m) O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda to‘plangan bo‘lsa; n) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish (taftish qilish) JPK 187 1 -moddasi talablari buzilgan holda o‘tkazilgan bo‘lsa. 10. Tushuntirilsinki, jinoyat to‘g‘risidagi ariza, xabar bilan birga taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar), fotosuratlar, audio-, videoyozuvlar faqat ushbu materiallarni taqdim etgan shaxslar ish qo‘zg‘atilgandan keyin so‘roq qilingan va taqdim etilgan hujjatlar, predmetlar (narsalar) kim tomonidan, qachon, qayerda, qanday holatlarda topilganligi yoki fotosurat, audio-, videoyozuvlar amalga oshirilganligi aniqlangan holdagina maqbul dalil sifatida foydalanilishi mumkin. Taqdim etilgan predmetlar (narsalar)ni maqbul dalil deb topishning zarur sharti ularni ko‘zdan kechirish to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilganidan so‘ng chiqariladigan, predmetlar (narsalar)ni ishga ashyoviy dalil sifatida qo‘shish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) hisoblanadi. Zarur hollarda hujjatlar, predmetlar (narsalar), fotosuratlar, audio-, videoyozuvlarni ishga daliliy ashyo sifatida ishga qo‘shish masalasini hal etish uchun tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin. 11. JPK 26-moddasiga muvofiq jinoyat ishini birinchi instansiyada mazmunan ko‘rib chiqayotgan sud dalillarni bevosita tekshirishi: gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilishi, faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanib hukm chiqarishi shart. Shundan kelib chiqib, guvoh, jabrlanuvchining, agar ularning sudga kelmaganligi sabablari aniqlanmagan yoki ular sudga uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, sudda o‘qib eshittirilgan ko‘rsatuvlari maqbul dalil sifatida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, basharti sud ularni sudga kelishini ta’minlash yuzasidan qonunda nazarda tutilgan choralarni ko‘rmagan, manfaatdor taraf esa, ularning ko‘rsatuvlari o‘qib eshittirilishiga e’tiroz bildirgan bo‘lsa (JPK 261 , 262-moddalari ). Mazkur qoida guvoh, jabrlanuvchini obyektiv sabablarga ko‘ra (masalan, sud majlisida so‘roq qilishga to‘sqinlik qiluvchi og‘ir kasallik, turar joyini aniqlash imkoni yo‘qligi, mamlakat hududidan chetga doimiy yashash uchun, uzoq yoki nomuayyan muddatga chiqib ketganligi va h.k.) sudga kelishini ta’minlash imkoniyati bo‘lmagan hollarga tatbiq etilmaydi. 12. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, to‘plash paytida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi sababli maqbul emas deb topilgan ayrim dalillardan isbot qilishda tegishli protsessual harakatlar belgilangan talablarga amal qilgan holda o‘tkazilgandan so‘ng foydalanilishi mumkin (masalan, tergov yoki sud harakati o‘tkazish bayonnomalarida ayrim ma’lumotlar yoki bandlarning yo‘qligi, basharti bu kamchilikni xolislar, ushbu harakatning boshqa ishtirokchilarini, zarur hollarda esa, surishtiruvchi yoki tergovchini so‘roq qilish orqali bartaraf qilish imkoniyati bo‘lsa va h.k.). Shu bilan birga, maqbul emas deb topilgan ayrim dalillarni, ularning yuridik tabiatiga ko‘ra, tiklashning imkoniyati yo‘q (masalan, qonunga muvofiq roziligi olinishi shart bo‘lgan hollarda jabrlanuvchini, guvohni uning roziligini olmasdan takroran so‘roq qilish, shaxsni yoki narsani tanib olish uchun takroran ko‘rsatish va h.k.) bo‘lib, bu isbot qiluvchi subyektni muayyan holatni tasdiqlovchi vosita sifatida mazkur dalilga tayanish huquqidan mahrum etadi. 13. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, ish bo‘yicha har qanday qaror qabul qilishda, shu jumladan ayblov dalolatnomasi, ayblov xulosasi va hukmda maqbul emas dalillarga asoslanish mumkin emas. Agar qo‘shimcha dalillar to‘plash imkoniyati bo‘lmasa, sud protsessual qonun talablariga rioya etilgan holda to‘plangan dalillar majmuiga asoslanib ish bo‘yicha qat’iy qaror qabul qilishi kerak. 14. Qonun buzilishi oqibatida olingan dalil surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan maqbul emas deb topilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Dalilni maqbul emas deb topish to‘g‘risidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, uning himoyachisi yoki qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari tomonidan ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida, dastlabki eshituv va sud majlisida arz qilinishi mumkin. (14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14- maydagi 9-sonli qarori tahririda) Surishtiruvchi, tergovchining dalilni maqbul emas deb topish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan arizachi mazkur qaror bilan tanishtirilgan paytdan e’tiboran ikki sutka ichida prokurorga shikoyat berilishi mumkin (JPK 377-moddasi ). Dalilni maqbul emas deb topish to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilishining rad etilishi bunday iltimosnomani takroran, shu jumladan ish sud majlisida ko‘rilayotganda arz qilinishiga to‘sqinlik qilmaydi. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda qayd etilgan dalillar maqbulligi shartlaridan birortasiga rioya etmaslik mazkur dalilni maqbul emas, ya’ni uning asosida protsessual qarorlar qabul qilish uchun yuridik kuchga ega emas deb topishga asos bo‘ladi (JPK 94 , 95-moddalari ). 15. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda dalillarga baho berish jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslari vakolatiga tegishli bo‘lganligi sababli, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilari (jamoat ayblovchisi, himoyachi, jabrlanuvchi, ayblanuvchi va h.k.) faqat mazkur organlarning dalillar aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi to‘g‘risidagi qaror (ajrim)lari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat berish yo‘li bilan e’tiroz bildirishga haqlidirlar. Oldingi tahrirga qarang. 16. Qonun buzilishi natijasida olingan dalilni maqbul emas deb topishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror ishni sudga qadar yuritish bosqichida (JPK 46-bobi ), birinchi instansiya sudi esa, dastlabki eshituv yoki sud tergovi davomida bunday qaror sabablarini ko‘rsatgan holda, uni dalillar majmuidan chiqarish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqarishi shart. Dalilning maqbulligiga oid masala maslahatxonasida (alohida xonada) kelib chiqqan taqdirda, sud dalilni maqbul emas deb topib, uni dalillar majmuidan chiqarish to‘g‘risida asoslantirilgan qaror qabul qiladi va bu haqda ajrim, hukmning tavsif qismida ko‘rsatadi. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining bu haqdagi qarori uning ajrimi (qarori) asoslantirish qismida bayon etiladi. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda) 17. Sudlarga tushuntirilsinki, ishni mazmunan ko‘rish paytida har bir instansiya sudi, taraflarning iltimosnomasi bilan chiqarilgan dalilni maqbul deb topish to‘g‘risidagi masalani qayta muhokama etishi mumkin. 18. Sudlar har bir jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv, tergov olib borish, shuningdek, sud muhokamasi davrida jinoyat-protsessual qonunining isbot qilishning umumiy shartlariga oid talablariga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishlari va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi hollari yuzasidan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari, ishda ishtirok etayotgan biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlangan hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni prokurorga yuborishlari shart. 19. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 12-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. Oliy sud raisi K. KAMILOV Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV Toshkent sh., 2018-yil 24-avgust, 24-son Download 210.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling