Dalton qonuni aralashma tarkibining berilish usullari aralashma tarkibi
ARALASHMA TARKIBI, HAMDA UNI KOMPONENTLAR KO’RSATKICHLARI ORQALI IFODALASH
Download 35.77 Kb.
|
1 2
Bog'liq3 (3)
ARALASHMA TARKIBI, HAMDA UNI KOMPONENTLAR KO’RSATKICHLARI ORQALI IFODALASH
Agar aralashmaning tarkibi berilgan va komponentlarining termodinamik xossalari ma’lum bo‘lsa, hamda aralashmaning umumiy bosimi berilgan bo‘lsa, u holda aralashmaning termodinamik xossalarini topish mumkin. Masalan, aralashma 3 ta komponentdan iborat bo‘lsin. Xar qaysi komponent uchun Klapeyron tenglamasini yozamiz: р1v = m1R1T р2v = m2R2T р3v = m3R3T bu yerda р1, р2, р3 – komponentlarning parsial bosimlari; v – aralashmaning hajmi; m1, m2, m3 – komponentlarning massalari; Т – barcha komponentlar uchun bir xil bo‘lgan absolyut harorat. Yuqoridagi ifodalarni qo‘shamiz: (р1 + р2 + р3 )v = (m1R1 + m2R2 + m3R3 )T bunda Dalton qonuniga ko‘ra р1 + р2 + р3 = Р bo‘ladi, u holda: Рv = (m1R1 + m2R2 + m3R3 )T (64) Рv = mRT (65) (64) ni (65) ga bo‘lamiz va aralashmaning gaz doimiysini aniqlaymiz: (66) yoki R = g1R1 + g2R2 + g3R3 (67) ni etiborga olsak, R = g1R1 + g2R2 + g3R3 = (68) Aralashmaning solishtirma hajmi: РV = mRT dan bunda Рv = RT yoki Gazning parsial bosimi massaviy ulush orqali Klapeyron tenglamasidan aniqlash mumkin: (69) Agar gazning tarkibi hajmiy ulushlarda berilsa, Boyl – Mariott qoninidan foydalanib, parsial bosimni Т – const da quyidagi tenglamadan aniqlanadi: РiV = PVi ва Рi = = riP (70) (70) tenglamaga asosan, xar bir gazning parsial bosimi gazlar gazlar aralashmasi umumiy bosimining hajmiy ulushiga ko‘paytmasiga teng. Gazlarning hajmiy ulushlari maxsus qurilmalar – gazoanalizatorlar yordamida aniqlanadi. Download 35.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling