Dalton qonuni aralashma tarkibining berilish usullari aralashma tarkibi
Download 35.77 Kb.
|
1 2
Bog'liq3 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dalton qonuni Dalton qonunining ta’rifi: Gazlar aralashmasining bosimi aralashma tarkibiga kiruvchi komponentlarning parsial bosimlarining yig‘indisiga teng
IDEAL GAZ ARALASHMALARI. DALTON QONUNI. ARALASHMA TARKIBINING BERILISH USULLARI. REJA DALTON QONUNI ARALASHMA TARKIBINING BERILISH USULLARI ARALASHMA TARKIBI KOMPONENTLAR KO’RSATKICHLARI Ishchi jism ko‘pincha bir necha gazlarning aralashmasidan iborat bo‘ladi. Masalan, ichki yonuv dvigatellarida tarkibiga vodorod, kislorod, uglerod II oksid, azot, karbonat angidrid va suv bug‘lari kiradigan yonish maxsulotlari ishchi jismni tashkil qiladi. Gazlar aralashmasining barcha tarkibiy qismlari bir xil harorat va bir xil to‘la hajmga ega deb faraz qilinsa, xar qaysi komponent, barcha aralashma kabi, ideal gazning holat tenglamasiga bo‘ysunadi. Bu holda aralashmani hosil qiluvchi bir – biri bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan komponentlarining bosimi Dalton qonuniga bo‘ysunadi. Dalton qonuni Dalton qonunining ta’rifi: Gazlar aralashmasining bosimi aralashma tarkibiga kiruvchi komponentlarning parsial bosimlarining yig‘indisiga teng: P = p1 + p2 + …+pn (56) bunda p1 + p2 + …+pn - aralashma komponentlarining parsial bosimlari. Gazlar aralashmasidagi biror komponent aralashma haroratida bo‘lib, bir o‘zi shu aralashma egallagan hajmni to‘ldirganda ko‘rsatadigan bosimi, ayni shu komponentning (gazning) parsial bosimi deyiladi. Dalton qonuni ideal gazlar uchungina o‘rinlidir. Aralashma tarkibining berilish usullari Gazlarni aralashmasining tarkibi shu aralashma tarkibiga kiruvchi xar qaysi komponentning miqdori bilan aniqlanadi. Aralashmaning tarkibi, odatda, massaviy yoki hajmiy ulushlar bilan beriladi. Agar massasi m bo‘lgan aralashma nta komponentdan tashkil topgan bo‘lsa, u holda aralashmadan ayrim komponentlarning massaviy ulushlari quyidagiga teng: (57) bu yerda m1, m2, …, mn – aralashmani hosil qiluvchi komponentlarning massalari. Ma’lumki, aralashmadagi komponentlar massalarining yig‘indisi barcha aralashmaning massasiga teng bo‘ladi: m1 + m2 + … + mn = Mar (58) Bu tenglik gazlar aralashmasi massaviy tarkibining tenglamasi deyiladi. Agar massaviy ulushlarni qo‘shsak: hosil bo‘ladi. Demak, aralashma komponentlarining massaviy ulushlarining yig‘indisiga birga teng: (59) (59) tenglikka gazlar aralashmasi nisbiy massaviy tarkibining tenglamasi deyiladi. Agar n ta komponentdan tarkib topgan aralashmaning umumiy hajmi v bo‘lsa, u holda aralashmadagi komponentlarning hajmiy ulushlari quyidagiga teng bo‘ladi: (60) bu yerda v1, v2, …, vn – aralashma tarkibiga kiruvchi komponentlarning parsial hajmlari. Aralashma tarkibiga kiruvchi komponentning shu aralashma haroratidagi va bosimidagi hajmi uning parsial hajmi deyiladi. Gazlar aralashmasidagi komponentlar parsial hajmlarining yig‘indisi aralashmaning umumiy hajmiga teng: v1 + v2 + … + vn = Var (61) U holda, hajmiy ulushlarning yig‘indisi birga teng bo‘ladi: r1 + r2 + … + rn = 1 (62) Massaviy va hajmiy ulushlar orasida quyidagi bog‘lanish bor: (63) bu yerda vi – komponentning hajmiy ulushi; Ri – komponentning gaz doimiysi; R – aralashmaning gaz doimiysi; gi – komponentning massaviy ulushi. Download 35.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling