Dam olish kuni. Dasning maqsadi
O‘tgan , borib, minib , Arslon-u, Qarab-qarab , Ma’rab-ma’rab , Kezib, Zavq-shavq.)
Download 447.41 Kb.
|
Loyiha ishim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beruniyning dam olish kunlari (Ertak)
O‘tgan , borib, minib , Arslon-u, Qarab-qarab , Ma’rab-ma’rab , Kezib, Zavq-shavq.)
DAM OLISH KUNIDA O‘tk an yakshanba kuni Men, opam, oyim, dadam Hayvonot bog‘iga borip Hordiq oldik chinakam. Ko‘rdik filni, burgutni, Maymunlarni ko‘rdik biz. Tuyakash yetagida Tuya minib yurdik biz. Arslon u bo‘rilar Qarab qarab qo‘yishdi. Tog‘ takalar: — „Barg ber“, — deb Ma’rab ma’rab qo‘yishdi. Xuddi sirkdagi kabi Ayiqvoy chaldi chapak. Tumshug‘in taqillatip: — Qalaysan? — dedi laylak. Kezip hayvonot bog‘in Zavq shavq oldik bir olam. Uyga qaytdik kechqurun Men, opam, oyim, dadam. Abdurahmon Akbar 1. Juft va takror so‘zlar orasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, sekin-sekin. 2. Juft so‘zlar orasida -u, -yu qo‘shimchasi ishlatilsa, ular birinchi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: oy-u quyosh, erta-yu kech. 3. So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: uyma-uy, dam-badam. Lekin so‘z tarkibida mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, qo‘shib yoziladi: ro‘baro, darbadar. 4. -chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e ,-ey kabi so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklovchi qo‘shimchalar chiziqcha bilan yoziladi. Ammo shunday mazmundagi -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina), -ki qo‘shimchalari o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: sen-chi, keldi-da, ko‘rdingmi, ertagayoq. 5. Bilan va uchun so‘zlarining qisqargan -la va -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun. 2-topshiriq. Beruniyning dam olish kunlari (Ertak) Beruniy yiliga ikki martagina dam olarkan. Birinchisi Navro‘z bayrami boshlangan kuni, ikkinchisi bug‘doyga birinchi o‘roq tushganda. Dillarni xushnud etib Navro‘zi olam yetib kelgan kuni erta tongdanoq o‘rnilaridan turib, yuvinib-taranib, yaxshi liboslarni kiyib, qarindosh-urug‘larni, keyin yor-u birodarlarni ziyorat qilib, holidan xabar olar ekanlar. Ular bilan birga bo‘lib suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar, askiyalar aytishar ekanlar. Keyin to qosh qorayguncha qo‘sh qo‘shishar, yerga birinchi omoch solishda qatnashar, nihol ekisharkan… Hol-ahvol so‘raganlarga: — Dam olib, hayot lazzatini totib ko‘rmoqdaman, — deb javob berar ekanlar. Boshoqqa birinchi o‘roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib, qo‘llariga o‘roq tutib azondan to kechgacha bug‘doy o‘rar ekanlar. O‘tgan-ketganlar: “ Hormang” — deganda: “Bor bo‘ling”, deb javob berar ekanlar. Qarang-a, ulug‘ alloma mutolaa, kitob yozish, tajriba o‘tkazishdan yiliga ikki kun vaqt ajratib, azondan to kechgacha qo‘sh qo‘shib, shudgor qilishni, o‘roq o‘rishni o‘zlari uchun dam olish deb bilar ekanlar. Ha, Beruniy: “Bir daqiqa vaqtni behuda o‘tkazganim — halok bo‘lganim ”, der ekanlar. Download 447.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling