Dang’ara tumani 23- umumiy o`rta ta`lim maktabida o`zbek tili bayramini nishonlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti
Download 22.13 Kb.
|
23-maktab hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dang`ara tumani 23-umumiy o`rta ta`lim maktabida ona tili va adabiyoti fan oyligi o`tkazilganligi haqida HISOBOT
Dang’ara tumani 23- umumiy o`rta ta`lim maktabida o`zbek tili bayramini nishonlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar HISOBOTI Maktabimizda o`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi munosabati bilan har yili nishonlanadigan Til bayramiga bag`ishlangan qator tadbirlar tashkil etildi. Fan o`qituvchilariga “Davlat tili haqida”gi Qonun o`qib eshittirildi. Qonunga kiritilgan o`zgartirishlar va qo`shimchalar, ularga amal qilish va ish hujjatlarini “Yagona imlo va nutq rejimi”ga asoslangan holda yuritish lozimligi ta`kidlandi. Til bayramini bayramona va munosib nishonlash maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirda belgilangan barcha ishlar amalga oshirildi. 9-11- sinf o`quvchilari o`rtasida “O`zbek tilim – iftixorim” mavzusida insholar tanlovi o`tkazildi. Tanlovda o`quvchilar faol qatnashib g`olblar insholari tuman XTB ga yetkazildi. Maktabimizda Til bayramiga bag`ishlangan tadbirlar ustozlar va o`quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ona taliga oid viktorina savollari o’qituvchilar va o’quvchilarga taqdim etildi, g’oliblar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Metodbirlashma rahbari: D. O’rmonova Dang`ara tumani 23-umumiy o`rta ta`lim maktabida ona tili va adabiyoti fan oyligi o`tkazilganligi haqida HISOBOT Dan`g`ara tumani 23- umumiy o`rta ta`lim maktabida 2020- yil 2-31- oktabr kunlari ona tili va adabiyot fan oyligi o`tkazildi. Fan oyligida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Fan oyligi boshida metodbirlashma a`zolari tomonidan oylik rejasi tuzildi va tasdiqlandi. Fan oyligi burchagiga oktabr oyida o`tkaziladigan fan oyligi rejasi, tadbirlar, tanlovlar, she`rxonlik kechalari o`tkazilish tartibi haqida ma`lumotlar qo`yildi. Fan oyligi boshlanishi va yakunida o`quvchilar bilimini yanada mustahkamlash va nazorat qilish maqsadida kirish-chiqish testlari olindi. Ona tili va adabiyot fanlaridan iqtidorli, iste`dodli, shuningdek, past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga qo`shimcha mashg`ulotlar tashkil etildi. 21- oktabr kuni Ona taliga oid viktorina savollari o’qituvchilar va o’quvchilarga taqdim etildi, g’oliblar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. . Bu yilgi Til bayramining 31 yilligi alohida e`tibor, ko`tarinki ruhda nishonlandi. Ona tilimizni madh etuvchi she`r va qo`shiqlar , fanga doir qiziqarli ma`lumotlar barcha o`quvchilar e`tiboriga havola etildi. 5-11- sinf o`quvchilari o`rtasida ona tili va adabiyot fanlaridan ijodiy ishlar, referatlar tanlovi o`tkazildi. Tanlovda barcha sinf o`quvchilari faol qatnashdi. 6-“A” sinfda adabiyot fanidan ochiq dars o’tkazildi. Janni Rodari hayoti va ijodi mavzusida o’tkazilgan dasrda Saminjonov S va Qodirov M, Norqo’ziyev B lar ertak qahramonlari timsolini yaratishdi. Kenjayeva M 9-B sinfda ona tili fanidan, Boymatova M 7-A sinfda ona tili fanidan ochiq darslar tashkilladi. 9-11- sinf o`quvchilari ishtirokida “O`zbek tilim- iftixorim” mavzusida insholar ko`rik- tanlovi o`tkazildi. Fan oyligi davomida barcha ona tili va adabiyot darslari puxta tayyorgarlik asosida qiziqarli va mazmunli tashkil etildi. Metodbirlashma rahbari: D. O’rmonova Download 22.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling