Dang`ara va koson tumani reja


Download 200.42 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi200.42 Kb.
#1445723
  1   2   3
Bog'liq
DANG`ARA VA KOSON TUMANI


DANG`ARA VA KOSON TUMANI
Reja:
1.Dang`ara va Koson tumanlarining geografik o`rni va chegaralari
2.Tumanlarning tabiiy sharoiti va resurslariga iqtisodiy-geografik tavsif
3.Dang`ara va Koson tumanlarining aholisi, mehnat resurslari va ulardan foydalanish masalalari
4.Tumanlar iqtisodiyoti: a) sanoat tarmoqlari, b) qishloq xo`jaligining ixtisoslashgan sohalari, c) transport tarmoqlari, d) ijtimoiy sohalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1.Dang`ara va Koson tumanlarining geografik o`rni va chegaralari
D
angʻara tumani
(avvalgi nomi Frunze) — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1939-yil 10-fevralda tashkil etilgan (1962-yil 24 dekabrda Pop tumani bilan birlashtirilgan. 1970-yil 7-dekabrda qayta tuzilgan). Dangʻara tumani viloyatning Buvayda, Uchkoʻprik, Oʻzbekistan, Furqat tumanlari, Qoʻqon sh., Namangan viloyatining Pop tumani, Tojikiston Respublikasining Asht tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,45 ming km2. Aholisi 160,9 ming kishi (2016). Dangʻara tumanida 1 shaharcha (Dangʻara), 49 ta maxalla fuqarolari yigʻini mavjud. Markazi — Dangʻara shaharchasi.
Dangʻara tumani xaritasi
Koson tumani - Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan tuman. Koson Respublikadagi dastlab asos solingan tumanlardan biri boʻlib, u 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala, Muborak, Qarshi, Kasbi tumanlari va Qarshi shahri bilan chegaradosh. Maydoni 1,88 ming km². Aholisi 300,5 ming kishi (
2022).
Koson tumani xaritasi
Koson tumanida 1 shahar (Koson) va 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻlmas, Guvalak, Gulbogʻ, Doʻstlik, Koson, Obidida, Olachabob, Poʻloti, Tinchlik) bor (2003). Markazi — Koson shahri.

2.Tumanlarning tabiiy sharoiti va resurslariga iqtisodiy-geografik tavsif
Dangʻara tumani relyefi asosan tekislik. Uning jan.-gʻarbiy qismi Soʻx yoyilmasining shim.-gʻarbiy chekkasida, shimoli-gʻarbiy qismi esa Sirdaryoning birinchi va ikkinchi terrasalarida joylashgan. Toʻrtlamchi davrning gil, qumoq va qumlari tarqalgan. Tumanning shim.-gʻarbida barxan, doʻng qumlar bor. Iqlimi kontinental iqlim. Yozi issiq, qishi birmuncha yumshoq. Iyulning oʻrtacha tempaturasi 26,8°, yanvarniki —2,2°. Vegetatsiya davri 220 kun. Yiliga oʻrtacha 110 mm yogʻin tushadi. Bahor va kuzda kuchli „Qoʻqon shamoli“ esadi. Dangʻara tumanida Naymansoy, Oqtepasoy, Urganji ariqlari bor.

Tuman hududidan Sirdaryo oqib oʻtadi. Sirdaryo suvi Abdusamat va Olhamak nasos stansiyalari orqali chiqariladi. Artezian va drenaj quduqlari yordamida yer osti suvlaridan ham foydalaniladi. Tuproqlari asosan sugʻoriladigan oʻtloq, qumli oʻtloq va shoʻrxoklardan iborat. Yovvoyi oʻsimliklardan qumliklarda saksovul, qandim, yulgʻun, pastqamliklarda yantoq, shuvoq, oqbosh, shoʻrxoklarda qorabaroq, baliqkoʻz, toʻrgʻayoʻt, Sirdaryo sohillarida turangʻil, tol, chingʻil va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, boʻri, toʻqay mushugi, kemiruvchilar, qushlardan chumchuq, hind maynasi, toʻrgʻay, oʻrdak, qashqaldoq, qirgʻovul va b. yashaydi.

Koson tuman hududi asosan, pasttekislik, adir va qir-choʻllardan iborat boʻlib, Qashqadaryo daryosining quyi qismida, Qarshi choʻli zonasida, 450–500 m balandlikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati 35-40°, yanvarniki 0 dan 1° gacha. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Oʻrtacha yillik yogʻin 190–200 mm, asosan, bahor va qish oylarida tushadi. Orografik toʻsiqlar yoʻqligi sababli sovuq havo oqimlari, asosan, qish oylarida shimoli-sharq tomondan kirib keladi. Qashqadaryo Koson tumani bilan Kasbi tumani chegarasidan, Qarshi magistral kanali tuman hududidan oqib oʻtadi.
Tuprogʻi och tusli boʻz va boʻz tuproq, shuningdek, taqir, shoʻrxok, qumoq tuproqlar ham mavjud. Bu tuproqlar aralash uchraydi. Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, qora shoʻra, yulgʻun, saksovul, isiriq, oq chitir, qizilmiya, oqbosh oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, quyon, tipratikan, toshbaqa, kaltakesak, echkemar, qum boʻgʻma iloni, chipor ilon bor. Qushlardan burgut, chumchuq, musicha, soʻfitoʻrgʻay, kaptar, mayna uchraydi. Hasharotlardan chayon, biy, qoraqurt bor.


Download 200.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling