Dante ijodida boqiy dunyo talqini. Yoʻldoshov Sanjarbek – Nukus dpi oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi talabasi
Download 15.38 Kb.
|
DANTE ijodida boqiy dunyo talqini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalangan adabiyotlar
Dante ijodida boqiy dunyo talqini. Yoʻldoshov Sanjarbek – Nukus DPI oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi talabasi Ilmiy rahbar: Hamza Allambergenov – Nukus DPI katta oʻqituvchisi, f.f.d. (PhD) Annotatsiya: Ushbu tezisda uygʻonish davrining buyuk ijodkori Dante Aligyeri ijodi va uning „Ilohiy jkomediya“ asarining mazmu-mohiyati tahlil etilgan. Kalit soʻzlar: Doʻzax, Dante, „Ilohiy komediya“, Medeya, Beatriche, Alisher Navoiy, „Hayrat ul-abror“. Dunyo yaralibdiki, insoniyat vujudga kelganidan beri qancha-qancha davrlar, zamonlar oʻz poyoniga yetdi. Hamma narsa oʻzgarishda va rivojlanishda. Albatta, Odam va olam haqidagi, ular oʻrtasidagi aloqadorlik va munosabatlar, foniy va boqiy dunyoda inson taqdiri haqidagi qarash va fikrlar ham bundan mustasno emas. Inson – foniy va boqiy dunyo orasidagi safarga chiqqan bir yoʻlovchi. U ma’lum davr davomida foniy dunyoda safar qilgandan keyin oʻz safarini boqiy dunyoda davom ettirishga otlanadi. Boqiy dunyodagi safari qanday kechishi, boqiy dunyoda qanday moʻjizalarga duch kelishini, insonning foniy dunyodagi safar yoʻli davomida qilgan ishlari hamda qilgan amallari belgilab beradi. Qaysidir safarga chiqqan yoʻlovchi yaxshilik va ezgulik atalmish yoʻldan, kimdir esa aldamchilik va yengil-yelpi yoʻldan yurib safarini davom ettiradi. Qaysi yoʻldan yurish, qanday yashash har bir insonga bogʻliq. Chunki har kim hayot qissasini oʻz qoʻllari bilan yaratadi, taqdir binosiga gʻishitni oʻz qoʻllari bilan qoʻyadi hamda umr yoʻli davomida bunyod qiladi. Bu jarayonda oilamizdagi tarbiya, atrofimizdagi muhit, doʻstlar koʻmagi juda asqotadi. Uygʻonish davrida bunyodga kelgan Dantening „Ilohiy komediya“ asari oʻz davri kitobxoni uchun ana shunday mayoq vazifasini ham bajardi. Asar muallif tilidan hikoya qilinadi va butun voqealar Dantening narigi dunyoga sayohati taassurotlatlari bilan bogʻliq holda hikoya qilinadi. Dante oʻz tushida qorongʻu va zulmat oʻrmonda tun boʻyi adashib, tongga yaqin u yerdan bir amallab chiqib oladi va yuksak tepalikka koʻtarila boshlaydi. Ammo uning yoʻlini qoplon, arslon hamda qashqir toʻsib qaytadan oʻrmonga qisib bora boshlaydi. Shunda shoirning roʻparasida qadimgi – antik dunyo shoiri Vergiliy paydo boʻladi va taskin soʻzlar aytadi. Uni Doʻzax hamda A’rosatdan omon-eson olib oʻtajagini, Jannatga esa Beatrichi olib kirishini bildiradi. Shunday qilib Dante Vergiliyning izidan safarini davom ettiradi. Shoir doʻzax darvozasi peshtoqida dahshatli lavhani oʻqiydi va Vergiliyning taskini tufayli ichkarga qadam qoʻyadi. Vergiliy Dantega yalqov hamda pastkash kimsalar jazo tortyotgan Doʻzax ostonasini koʻrsatadi. „Ilohiy komediya“ muallif jahon adabiyotining ayrim eng mashhur qahramonlarini ham doʻzaxda tasvirlaydi. Xususan, „Iliada“ dostoni qahramonlari boʻlmish jasur Axill, sohibjamol Yelena, Troya shahzodasi Paris shular jumlasidandir. Bu qahramonlar asarda Dantening yoniga kelib, unga shu soʻzlarni bayon qiladilar: O, sen barhayot zot, o sen ruhi barq, Kelibsan koʻrgali bizni bu ayyom, Yer yuzin qonga etganlarni gʻarq. E’tibor qiling: mazkur qahramonlar nega boqiy dunyoda shunday ahvolga tushganini oʻzlari Dantega aytyapti. Muallif bu orqali oʻz zamondoshlarini, kelajak avlodni qirgʻinbarotlardan qaytarmoqchidek boʻladi. Chunki bu uchala qahramon ham urushlarga, insoniyatning qirgʻiniga sababchi boʻlganligi uchun ham shu qismatga mubtalo koʻrilgan. Dante hamda Vergiliy asarning yettinchi qoʻshigʻida doʻzaxning beshinchi doirasida odamlarga abadiy yashashni tuhfa qilishga qodir boʻlgan Stiks daryosi boʻylab safarlarini davom ettiradilar. Bu yerda gʻazabnok, gʻayur insonlar jazolanadi. Shu oʻrinda kitobxonni oʻylantirishi mumkin boʻlgan bir savol tugʻiladi. Nima uchun Stiks daryosi jannatda emas, balki doʻzaxda? Axir bu daryo insonga umrboqiylik baxsh etardi-ku? Shu bois jannatda tasvirlanishi kerak emasmi? Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun mashhur „Iliada“ dostonining qahramoni boʻlmish Axill voqeasi qaytamiz. Axill chaqaloq paytida onasi unga umrboqiylik baxsh etish uchun Stiks daryosining suviga choʻmiltirgan edi. Ayni oʻsha voqea bu daryoning doʻzaxda tasvirlanishga sabab boʻladi. Negaki, shu daryoning suvida choʻmiltirilganligi uchun Axill anchagina odamlarning qirgʻiniga sababchi boʻldi. Daryo antik qahramonning keyinchalik koʻplab askarlar oʻlimiga, ular oilalarining motamga tushishiga, bolalarining otasiz oʻsishiga bois boʻlgani uchun ham bulgʻandi, doʻzaxga duchor boʻldi. Dante ijodiy tafakkuri foniy dunyodagi nafaqat insonlar, balki boshqa yaratiqlar ham boqiy dunyoda hisob berishiga ishora qiladi. Oʻn toʻrtinchi qoʻshiqda yettinchi doiraning uchinchi qavati qaynoq qumlikdan iborat boʻlib „osmondan tinimsiz olov yomgʻiri yogʻib turadi“ – deya tasvirlanadi. Bu yerda Parvardigorga xilqat va san’atiga sarkashlik bilan terslik qilgan gunohkorlar joylashgan. Danteda ham, Gʻarb-u Sharqning klassik adabiyotidagi Allohga boʻlgan buyuk e’tiqod mavjud. Zotan, oliy zot insonni yaratibdiki, unga koʻngil berdi. Nima uchun? Chunki Alloh shu koʻngilda oʻzi ham yashashini, unga boʻlgan muhabbat va ixlos dunyoni pok saqlashishi istadi. Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy ham boshqa Sharq ijodkorlari kabi „Xamsa“ning birinchi dostoni „Hayrat ul-abor“ning ilk bobini yigirma uch yil davomida nozil qilingan, 114 surani oʻz ichiga olgan, muqaddas „Qur’on“dagi „Fotiha“ surasining boshlangʻich jumlasi bilan boshlaydi. Ya’ni „Bismillohir-rahmonir Rahim“ (Ma’nosi: Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan) deya2 . Bu bilan inson har qanday ishga kirishishda Allohni eslashi hamda har bir ishni uning nomi bilan boshlashi kerakgi bayon qilinadi. Bu ikki uygʻonish davri ijodkorlari: Dante Aligyeri hamda Mir Alisher Navoiyni birlashtiruvchi jihatlardan biri ham shunda. Agar shunday boʻlmaganida Dante Allohga ishonmaganlarni doʻzaxda tasvirlamasdi yoki Navoiy „Xamsa“sining birinchi dostonini yuqoridagi jumla bilan boshlamasdi va uni iymon deb atamasdi. Umuman Sharq xalqlarida „Ramayana“ va „Shohnoma“, „Goʻroʻgʻli“ va „Xamsa“ kabi buyuk asarlar dunyo madaniyati va she’riyatida qanday ahamiyat kasb etgan boʻlsa, „Ilohiy komediya“ asari ham Yevropa madaniyati va she’riyati rivojida ana shunday ulkan ta’sir kuchiga ega yodgorlikdir. Foydalangan adabiyotlar: 1. Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 4 jildlik, 3-jild. – Toshkent, 2001. 2. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. 20 tomlik, 7-tom. – Toshkent, 1991. 3. Ulugʻbek Hamdamov, Abdugʻopir Qosimov. Jahon adabiyoti. – Toshkent, 2017. 4. Hamid Gʻulom. 1975-yil 31-mart, Toshkent. Download 15.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling