Darajadagi hujjatlar tahlili
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
o-lchashlar-noaniqligining-baholanishiga-oid-xalqaro-darajadagi-hujjatlar-tahlili
Key words: measurement, measurement error, measurement uncertainty, uncertainty
assessment, international document, standard, certificate, organization standard, interstate standard, calibration, comparison, modification, statistics, correlation, arithmetic mean, result, distribution, reliability probability, variance Oʻlchashlar noaniqligining baholashga bag‘ishlangan xalqaro va hududiy hujjatlardagi ma’lumotlar tahlil asosida oʻrganildi, jumladan, noaniqlikni taqdim etish uchun oʻlchashlar noaniqligining quyidagi turlari mavjudligi, xususan, standart noaniqlik (hisoblash usuliga koʻra A va B turi), jamlangan standart noaniqlik, kengaygan noaniqlik va ifodalash usuliga koʻra nisbiy noaniqlik. 1-rasmda oʻlchash noaniqliklarini usullar va ifodalash uslublariga koʻra klassifikatsiyasi keltirilgan. – Standart noaniqlik – bevosita oʻlchashlar natijalarining noaniqligi boʻlib, oʻrta kvadratik ТЕХНОЛОГИЯ МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 137 chetlanish orqali ifodalanadi. – A turdagi standart noaniqlik – ushbu noaniqlik koʻp marotabali oʻlchashlarning natijalarini statistik usullar asosida hisoblanib aniqlanadi. – B turdagi noaniqlik biron-bir aprior ma’lumotlardan foydalanib hisoblanadi. Quyidagilar aprior ma’lumot boʻlishi mumkin: – tenglamaga kiritilgan kattaliklarning dastlabki oʻlchashlardagi berilganlari; – oʻlchash vositalarini attestatlash, kalibrlash yoki qiyoslash boʻyicha berilganlar; – ma’lumotnomada berilganlar va konstanta va b.q. noaniqligi; – Jamlangan standart noaniqlik (U c ) – bu bevosita boʻlmagan oʻlchashlar natijalarining standart noaniqligi. U bevosita boʻlmagan oʻlchash natijalari dispersiyasining fizik ma’nosini bildiradi va boshqa fizik kattaliklarning (argumentlar) dispersiyasi (standart noaniqliklarning kvadratlari) orqali hisoblanadi. – Kengaygan noaniqlik (U) – ushbu kattalik intervalni aniqlaydi. Interval chegarasida boʻlgan bevosita boʻlmagan oʻlchashlarning natijalari yetarlicha asos bilan oʻlchangan kattalikka qoʻshib yozib qoʻyilishi mumkin. Kengaygan noaniqlik jamlangan noaniqlik orqali hisoblanadi. IEC 60359 standartda boshqa yana oʻlchashlar noaniqligi bilan bog‘liq boʻlgan toʻrtta termin qoʻllanilgan: “asosiy instrumental noaniqlik”, “absolyut instrumental noaniqlik”, “ishchi instrumental noaniqlik” va “noaniqlik chegarasi”. Oʻlchashlar noaniqligini metrologiyaning turli darajadagi ishlarida baholashda turli xalqaro, hududiy tashkilotlarning tavsiyalaridan foydalaniladi (1-jadval). Xalqaro miqyosda oʻlchashlar noaniqligi “Oʻlchashlar noaniqligini ifodalash boʻyicha qoʻllanma GUM” asosida baholanadi. Hududiy tashkilotlarning oʻlchashlar noaniqligini baholash boʻyicha talablari GUM qoʻllanmaga asoslanadi. Noaniqlikning klassifikatsiyasi Standart noaniqlik Jamlangan standart noaniqlik Kengaygan noaniqlik A turi bo‘yicha B turi bo‘yicha Nisbiy noaniqlik ТЕХНОЛОГИЯ МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 138 Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling