Darajadagi hujjatlar tahlili


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1512384
1   2   3   4   5
Bog'liq
o-lchashlar-noaniqligining-baholanishiga-oid-xalqaro-darajadagi-hujjatlar-tahlili

Key words: measurement, measurement error, measurement uncertainty, uncertainty 
assessment, international document, standard, certificate, organization standard, interstate 
standard, calibration, comparison, modification, statistics, correlation, arithmetic mean, result, 
distribution, reliability probability, variance 
Oʻlchashlar noaniqligining baholashga bag‘ishlangan xalqaro va hududiy hujjatlardagi 
ma’lumotlar tahlil asosida oʻrganildi, jumladan, noaniqlikni taqdim etish uchun oʻlchashlar 
noaniqligining quyidagi turlari mavjudligi, xususan, standart noaniqlik (hisoblash usuliga koʻra 
A va B turi), jamlangan standart noaniqlik, kengaygan noaniqlik va ifodalash usuliga koʻra 
nisbiy noaniqlik. 1-rasmda oʻlchash noaniqliklarini usullar va ifodalash uslublariga koʻra 
klassifikatsiyasi keltirilgan. 
– Standart noaniqlik – bevosita oʻlchashlar natijalarining noaniqligi boʻlib, oʻrta kvadratik 


ТЕХНОЛОГИЯ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 
137 
chetlanish orqali ifodalanadi. 
– A turdagi standart noaniqlik – ushbu noaniqlik koʻp marotabali oʻlchashlarning natijalarini 
statistik usullar asosida hisoblanib aniqlanadi. 
– B turdagi noaniqlik biron-bir aprior ma’lumotlardan foydalanib hisoblanadi. Quyidagilar 
aprior ma’lumot boʻlishi mumkin: 
– tenglamaga kiritilgan kattaliklarning dastlabki oʻlchashlardagi berilganlari; 
– oʻlchash vositalarini attestatlash, kalibrlash yoki qiyoslash boʻyicha berilganlar; 
– ma’lumotnomada berilganlar va konstanta va b.q. noaniqligi; 
– Jamlangan standart noaniqlik (U
c
) – bu bevosita boʻlmagan oʻlchashlar natijalarining standart 
noaniqligi. U bevosita boʻlmagan oʻlchash natijalari dispersiyasining fizik ma’nosini 
bildiradi va boshqa fizik kattaliklarning (argumentlar) dispersiyasi (standart noaniqliklarning 
kvadratlari) orqali hisoblanadi. 
– Kengaygan noaniqlik (U) – ushbu kattalik intervalni aniqlaydi. Interval chegarasida boʻlgan 
bevosita boʻlmagan oʻlchashlarning natijalari yetarlicha asos bilan oʻlchangan kattalikka 
qoʻshib yozib qoʻyilishi mumkin. Kengaygan noaniqlik jamlangan noaniqlik orqali 
hisoblanadi. 
IEC 60359 standartda boshqa yana oʻlchashlar noaniqligi bilan bog‘liq boʻlgan toʻrtta 
termin qoʻllanilgan: “asosiy instrumental noaniqlik”, “absolyut instrumental noaniqlik”, “ishchi 
instrumental noaniqlik” va “noaniqlik chegarasi”. 
Oʻlchashlar noaniqligini metrologiyaning turli darajadagi ishlarida baholashda turli 
xalqaro, hududiy tashkilotlarning tavsiyalaridan foydalaniladi (1-jadval). 
Xalqaro miqyosda oʻlchashlar noaniqligi “Oʻlchashlar noaniqligini ifodalash boʻyicha 
qoʻllanma GUM” asosida baholanadi. Hududiy tashkilotlarning oʻlchashlar noaniqligini 
baholash boʻyicha talablari GUM qoʻllanmaga asoslanadi. 
Noaniqlikning 
klassifikatsiyasi 
Standart 
noaniqlik 
Jamlangan standart 
noaniqlik 
Kengaygan 
noaniqlik 
A turi 
bo‘yicha 
B turi 
bo‘yicha 
Nisbiy 
noaniqlik 


ТЕХНОЛОГИЯ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 
138 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling