Darhaqiqat, keyingi vaqtlarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar samarasini bera boshladi


Download 1.48 Mb.
Sana20.11.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1787587
Bog'liq
Tuxsanboyev Dilshux 71 22


O'zbekiston davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlar
Davlat hokimyati tuzilmalarining shakillantirilishi,ularning demokratik mazmuni.
Darhaqiqat, keyingi vaqtlarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar samarasini bera boshladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida soʻz ketganda “Yangi Oʻzbekiston” iborasi tilga olinayotgani, bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qoʻyganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning eʼtirofi ekanini alohida taʼkidladi.
Yangi Oʻzbekistonda demokratik davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan yuksak gʻoyaga asoslangan holda amalga oshirilmoqda. Bu borada hozirga qadar qilingan saʼy-harakatlarni tahlil qilsak, quyidagi muhim jihatlarni koʻrish mumkin.
Xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolarini samarali, tezkor hal qilishning sifat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Olib borilgan ishlar samarasi oʻlaroq, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor vazifalari boʻyicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, yillar davomida toʻplanib qolgan muammolarni yechish, sohani toʻlaqonli tartibga solish choralari koʻrilmoqda.
Inson manfaatlarini taʼminlash, odamlar bilan muloqot qilish, xalqning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish va hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Mazkur tuzilmalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi, shuningdek, joylardagi muammolarni chuqur tahlil etish mexanizmi va davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi masʼuliyatini oshirish, ularning faoliyatini baholash mezoniga aylandi.
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portali
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portali ishga tushirildi. Fuqarolarga Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat yoʻllash imkoniyati yaratildi. Murojaatlar bilan ishlash tizimining qonunchilik asoslarini yana-da mustahkamlash maqsadida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi dasturining qoʻshimcha qulayliklarga ega yangi versiyasi ishlab chiqildi.
Jahon andozasi boʻlgan “tarozilar pallasi” (checks and balances) tamoyilining amalda oʻz aksini topishiga erishildi. Jumladan, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullash va Prezident tomonidan tasdiqlash tartibi belgilandi. Shu bilan bir qatorda, Hukumat aʼzoligiga nomzodning sohani rivojlantirish boʻyicha yaqin muddat va istiqbolga moʻljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish tartibi joriy etildi. Hukumat aʼzosining oʻz harakat dasturi ijrosini amalga oshirishiga doir masalalar yuzasidan axboroti Oliy Majlis palatalari, ularning qoʻmitalarida muntazam eshitib borilishi amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilandi.
O‘zbekistonda yangi demokratik boshqaruv tizimi shakllanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” deb nomlangan asarida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inqilobiy islohotlar “...butun davlat boshqaruv tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga – “Yangi shaxs”, “Yangi fuqarolik jamiyati”, “Yangi demokratik boshqaruv tizimi”ga olib chiqishni talab qiladi. Bu qat’iy talab, o‘z navbatida, tizimli konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazishni kun tartibiga dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda”.
Mazkur maqsadga erishish uchun 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida davlat va jamiyat qurilishida qator ustuvorliklar belgilab olindi.
Hozirgi kunda jamoatchilik-maslahat kengashlari qator ijobiy natijalarga erishgan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Masalan, Kosonsoy tumani hokimligi huzuridagi jamoatchilik-maslahat kengashi tumandagi “Istiqlol” tantanalar majmuasida 2021 yil 3 dekabr kuni “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazdi. Tadbir davomida tumanda yashovchi nogironligi bor 30 nafar shaxsga nogironlar aravachasi, 7 nafariga eshitish moslamasi, 26 nafariga xassa, 5 nafariga ko‘zi ojizlar xassasi, 20 nafariga qo‘ltiq-tayoq, 13 nafariga tirsakli xassa, 1 nafariga yurish moslamasi berildi. 21 nafar nogiron protez mahsulotlari bilan ta’minlandi. Nogironlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish bo‘yicha 46 nafariga respublikamizning “Kosonsoy”, “Oltiariq”, “Tovokqoy”, “Nuroniy” sanatoriylariga bepul yo‘llanmalar berilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling