Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili “Narx-iste′mol” chizig`i tahlili Daromad samarasi va almashtirish samarasi
Download 51.04 Kb.
|
makro iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Almashish samarasi
- Yakka va bozor talabi
Daromad samarasi - bu ne′mat narxi o`zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o`zgarishining iste′molchi talabiga ta′siridir. Daromad samarasi iste′molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko`rsatadi va u bir byudjet chizig`idan boshqa byudjet chizig`iga iste′molchining optimal tovarlar majmuasiga o`tishini aks ettiradi.
Almashish samarasi - bu naflik darajasi o`zgarmaganda, tovarlar narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab tarkibining o`zgarishidir. Almashish samarasi X ne′mat narxini o`zgarishi natijasida Y ne′matni qo`shimcha X ne′mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig`i TU1 bo`yicha bo`ladi. Ne′matlar narxini o`zgarishi Ne′matlar narxini nisbiy o`zgarishi Xarid quvvatini o`zgarishi Ne′matni iste′mol qilish hajmini o`zgarishi Iste′molchi daromadini o`zgarishi Iste′mol tarkibini o`zgarishi Iste′mol hajmini o`zgarishi Almashtirish samarasi Daromad samarasi Talab o`zgarishiga ta′sir korsatish 125 Bozor sharoitida daromad samarasi va almashtirish samarasini ajratilishi, tovarlarga narx belgilashdagi qonuniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Biz daromad va almashtirish samaralarini normal tovarlar uchun ko`rib chiqdik. Past kategoriyali tovarlar uchun daromad va almashtirish samaralari o`z xususiyatlariga ega. Yakka va bozor talabi Bozor talabi alohida bozordagi iste′molchilarning individual talablari yig`indisi bilan aniqlanadi. Bozor talabi chizig`i esa ma′lum bzordagi iste′molchilarning individual talablari chiziqlarini qo`shish orqali olinish mumkin. Faraz qilaylik, oziq-ovqat bozorida (masalani soddalashtirish uchun) uchta A, B va V iste′molchilar harakat qiladi deylik. Quyidagi jadvalda (7.1-jadval) har bir iste′molchining berilgan narxlarda oziq-ovqatga bo`lgan talabi keltirilgan. Yakka va bozor talabi
Download 51.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling