Daromadlar bo‘yicha talab elastikligi va uni qo‘llanishi
Download 389.44 Kb.
|
I-5 guruh Ikramov M.
2-VARIANT Daromadlar bo‘yicha talab elastikligi va uni qo‘llanishi Daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi. Ishlab chiqarish jarayonida ularning roli Bozor muvozanatiga soliqlar va dotatsiyalarning ta’siri Daromadlar bo’yicha talab elastikligi iste'molchi daromadining o'zgarishi natijasida tovarga bo'lgan talabning nisbiy o'zgarishini o'lchaydi. Daromadlar bo’yicha talab elastikligi koeffitsienti - bu i - mahsulotga bo'lgan talab hajmining nisbiy o'zgarishining iste'molchi daromadining nisbiy o'zgarishiga nisbati: Agar ei < 0 bo'lsa, mahsulot past sifatli bo’ladi, hamda daromadning o'sishi ushbu mahsulotga talabning pasayishi bilan birga keladi. Agar ei > 0 bo'lsa, mahsulot normal deb ataladi va daromad ortishi bilan bu mahsulotga talab ham oshadi. Daromadlar bo’yicha talab elastikligi quyidagi asosiy shakllarni oladi: ijobiy, daromadning o'sishi talabning ortishi bilan birga keladi. Daromadlar bo’yicha talab elastikligining ijobiy shakli oddiy tovarlarga, xususan, hashamatli tovarlarga taalluqlidir; salbiy, daromadning oshishi bilan talab hajmining pasayishi, ya'ni daromad va xaridlar hajmi o'rtasida teskari bog'liqlik mavjudligini nazarda tutadi. Egiluvchanlikning bu shakli sifatsiz tovarlarga taalluqlidir; nolga teng, ya'ni talab hajmi daromadlar o'zgarishiga befarq. Bu iste'moli daromadga sezgir bo'lmagan tovarlardir. Bularga, xususan, birlamchi ehtiyojga ega tovarlar kiradi. Bozorda tovarlar narxi hamda iste‘molchi daromadlari darajasi o‘zgarib turadi. Iste‘molchining narx o‘zgarishiga ta‘sirchanligi o’rnini bosish samarasi deyiladi. Bunda bir tovar narx o‘sganda xaridor uchun o‘rnini bosuvchi boshqa tovar nisbatan arzon bo‘lib qoladi hamda u ancha qimmatli tovarni mazkur tovar bilan almashtiradi. Jumladan, margarin va sariyog‘ shunday o‘rnini bosuvchi tovarlar hisoblanadi. Ulardan biriga narxning o‘sishi boshqasining xarid qilinadigan miqdori ortishi bilan birga boradi. Download 389.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling